IT soha mutaxassislari uchun imtiyozlar kuchga kirdi

© pixabayRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda xorijdan IT-soha mutaxassislarini tez va oson qabul qilish, ularga yuridik va tashkiliy xizmatlarda yordam ko‘rsatish, ular uchun soliqlarini kamaytirish kabi imtiyozlar qonuniylashtirildi.
TOShKENT, 5-aprel — Sputnik. O‘zbekistonda 1-apreldan axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari uchun qator imtiyoz va preferensiyalar joriy etiladi. Bu haqida IT Park matbuot xizmati xabar bermoqda.

IT-Visa

Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari va investorlar, shuningdek, IT Park rezidentlarining xorijiy ta’sischilari uchun uchun IT-visa joriy etilmoqda.
Viza 3-yil muddatga beriladi. Ushbu muddat davomida O‘zbekiston chegaralari doirasida harakatlanish mumkin. Shuningdek, viza egalari soddalashtirilgan tartibdagi yashash uchun ruxsatnomaga hamda O‘zbekiston fuqarolari bilan teng ijtimoiy huquqlarga (tibbiyot va ta’lim) ega bo‘ladilar. IT-Visa ga ega bo‘lish uchun ITPark tomonidan taqdim etiladigan tavsiyanoma zarur.

Dividend to‘lovlar

Endilikda IT Park rezidentlarining xorijiy ta’sischilari dividendlari uchun soliq stavkasi 5 % etib belgilandi, ushbu stavka avvalroq 10 %ni tashkil qilardi.
Chet el valyutasida to‘lovlar. IT Park rezidentlariga ish/xizmatlar eksporti tushumlari doirasida dividendlar va ish haqini xorijiy ta’sischilari/mutaxassislari debet kartalariga xorijiy valyutada to‘lashlariga ruxsat etiladi.
Virtual ofis
IT Park rezidentlari uchun ofis maydoniga ega bo‘lish talabi bekor qilindi. Endilikda rezidentlar IT Park direksiyasi bilan shartnoma tuzishlari mumkin. Xizmatning minimal narxi oyiga 300 ming so‘mni tashkil qiladi. Xizmatlarga yuridik manzil (pochta manzili) ijarasi, aloqa markazi, yozishmalarni qayta ishlash va boshqalar kiradi.
Virtual ofis uchun shartnoma kompaniyani ofisning yo‘qligi sababli soliq xavfi yuqori subyekt toifasiga kiritish uchun asos bo‘la olmaydi.

Tashkiliy va yuridik ko‘maklar

Xorijiy mutaxassislarni ishga joylashtirishning soddalashtirilgan tartibi. Endilikda IT Park rezidentlariga chet ellik mutaxassislar uchun ishlash huquqini tasdiqlovchi hujjat talab etilmaydi. Ishga joylashish uchun PINFL kifoya.
Shuningdek, relokatsiya dasturi doirasida IT Park tomonidan kompaniyalarga quyidagi masalalarda ko‘mak beriladi:
Yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazish;
Bank hisob raqamini ochish;
Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish;
Mutaxassislarni izlash;
Ofis izlash va ijarasi.
IT-mutaxassislariga quyidagi masalalarda ham yordam ko‘rsatiladi:
IT Park rezident kompaniyalarida ishga joylashish;
Tibbiy sug‘urtani ro‘yxatdan o‘tkazish;
Uy-joy izlash;
Bank hisob raqamini ochish;
Hujjatlarni rasmiylashtirish;
Bolalarni maktab va maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish.
Xabarda aytilishicha, IT -mutaxassislari va ularning oila a’zolari uchun Toshkent shahriga ko‘nikish oson kechishida ko‘maklashish maqsadida axborot-qo‘llanma ishlab chiqildi. Unda barcha kerakli ma’lumotlarni topish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0