Davlat arxividan onlayn tarzda qanday ma’lumotlarni olish mumkin?

© Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDistansionnoe obuchenie shkolnikov
Distansionnoe obuchenie shkolnikov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2022
Obuna bo‘lish
Yagona portal va uning mobil ilovasida “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” pullik xizmati ishga tushdi
TOShKENT, 5-aprel — Sputnik. Yagona portal (my.gov.uz) va uning mobil ilovasida “Mavzuli so‘rovlarni ijro etish” nomli xizmat joriy etildi. Bu haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali xabar bermoqda.
Endilikda my.gov.uzda ushbu xizmat yer va uy-joy ajratish, xususiylashtirish, aholi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha hokimlik qarorlari, turarjoy, meros, vorislik, 1941-1945 yillarda O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni olsa bo‘ladi.
Xizmatlardan foydalanish pullik.
Alohida faktlar, voqealar, ma’lumotlarni aniqlash (tasdiqlash) – 135000 so‘m;
Turarjoylar bo‘yicha ma’lumotnomalar tayyorlash – 135000 so‘m;
Mulk huquqini aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarga arxiv hujjatidan nusxa berish – 135000 so‘m;
Evakuatsiyani aniqlash (tasdiqlash) bo‘yicha so‘rovlarning arxiv ma’lumotnomasini berish – 270000 so‘m.
Xabarda yozilishicha, agar fuqarolar xizmatdan my.gov.uz orqali foydalanishsa 10 foiz chegirma beriladi.
Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu partal orqali ish haqi va ish stajini tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasini ham onlayn olish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0