https://oz.sputniknews.uz/20220402/rossiya-harbiy-aviatsiyasi-ukrainada-yana-2ta-aerodromni-yakson-qildi-23731741.html
Rossiya harbiy aviatsiyasi Ukrainada yana 2ta aerodromni yakson qildi
Rossiya harbiy aviatsiyasi Ukrainada yana 2ta aerodromni yakson qildi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya harbiy aviatsiyasi Poltava va Dnepropetrovskdagi harbiy aerodromlarni yakson qildi
2022-04-02T16:10+0500
2022-04-02T16:10+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/101/04/1010478_0:0:2201:1238_1920x0_80_0_0_bcad7dd3922cdb2721a6add1c3875f5d.jpg
Rossiya aviatsiyasi Poltava va Dnepropetrovskdagi harbiy aerodromlarni vayron qildi, dedi mudofaa vazirligi maxsus vakili general-mayor Igor Konashenkov bugungi brifingda.Shuningdek, DXR qo‘shinlari Novobaxmutovkaning katta qismini egallab oldi va chekinayotgan Ukraina qo‘shinlari bilan jang qilmoqda. Kechasi bu hududda 40 nafarga yaqin millatchi, tank va 2ta motorli piyoda vzvod, shuningdek, minomot batareyasi yo‘q qilindi.Yuqori aniqlikdagi qurollar Kremenchug neftni qayta ishlash zavodining benzin va dizel yoqilg‘isi saqlanadigan omborlarini vayron qildi, u yerdan markaziy va sharqiy hududlaridagi Ukraina qo‘shinlariga yoqilg‘i yetkazib berilgan.Rossiya mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning 2ta Mi-24 vertoloti, 24ta pilotsiz uchar apparati urib tushirildi. Ukrainaning 67ta harbiy obyektiga zarba berildi.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.Asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish, deb ta’kidlandi mudofaa idorasida.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/101/04/1010478_274:0:1925:1238_1920x0_80_0_0_93410dc370272a576fdf0c215563422a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya harbiy aviatsiyasi ukrainada yana 2ta harbiy aerodromni yakson qildi
rossiya harbiy aviatsiyasi ukrainada yana 2ta harbiy aerodromni yakson qildi
Rossiya harbiy aviatsiyasi Ukrainada yana 2ta aerodromni yakson qildi
16:10 02.04.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiya harbiy aviatsiyasi Poltava va Dnepropetrovskdagi harbiy aerodromlarni yakson qildi.
Rossiya aviatsiyasi Poltava va Dnepropetrovskdagi harbiy aerodromlarni vayron qildi, dedi mudofaa vazirligi maxsus vakili general-mayor Igor Konashenkov bugungi brifingda.
Shuningdek, DXR qo‘shinlari Novobaxmutovkaning katta qismini egallab oldi va chekinayotgan Ukraina qo‘shinlari bilan jang qilmoqda. Kechasi bu hududda 40 nafarga yaqin millatchi, tank va 2ta motorli piyoda vzvod, shuningdek, minomot batareyasi yo‘q qilindi.
Yuqori aniqlikdagi qurollar Kremenchug neftni qayta ishlash zavodining benzin va dizel yoqilg‘isi saqlanadigan omborlarini vayron qildi, u yerdan markaziy va sharqiy hududlaridagi Ukraina qo‘shinlariga yoqilg‘i yetkazib berilgan.
Rossiya mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning 2ta Mi-24 vertoloti, 24ta pilotsiz uchar apparati urib tushirildi. Ukrainaning 67ta harbiy obyektiga zarba berildi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish, deb ta’kidlandi mudofaa idorasida.