Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrain millatchilari o‘zbekistonlik haydovchilarni talon-taroj qildi - video

© Sputnik / Vladimir Kornev / Mediabankka o‘tishGruzoviki na granitse
Gruzoviki na granitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.04.2022
Obuna bo‘lish
Mariupolda “Azov” batalonining millatchilari O‘zbekiston fuqarolarini 23 kun davomida asirlikda ushlab turishgan.
TOShKENT, 1 apr – Sputnik. Mariupolda “Azov” - ukrain millatchilari bataloni jangarilari O‘zbekistondan kelgan yuk mashinalarini talon taroj qildi. Bu haqda Sputnik jurnalist Andrey Rudenkoga asosan xabar bermoqda.
Videolavhadan ma’lum bo‘lishicha, besh nafar haydovchilar 4ta yuk avtomobilida 13-fevral kuni O‘zbekistondan Ukraina tomon yo‘lga chiqishgan. Ular Belgorod orqasli Rossiya – Ukraina chegarasini kesib o‘tib, Xarkov, Zaporojyedan o‘tib Mariupolga 23-fevral kuni yetib kelishgan.
Mariupoldagi Ilich nomidagi temir-po‘lat zavodida 24-fevral kuni ularning avtomobillaridan yuklar tushirilishi va bojxona hujjatlari rasmiylashtirilishi kerak edi. Lekin furalarning ikkitasining yuki tushirilgan, qolgan ishlar kechiktirilgan.
Shundan so‘ng 3-4 kun o‘tib zavod hududiga “Azov” bataloni jangchilari kelishgan. Yuk avtomobillaridan ikkitasini tortib olishgan. Oradan 4-5 kun o‘tib qolgan ikki avtomobilning akkumulyatorlarini yechib olishgan va yoqilg‘isini quyib olishgan.
Haydovchilar aytishiga ko‘ra, ular umumiy hisobda zavod hududida 23 kun davomida turishgan. Ular hatto boshqa davlat fuqarolari ekanligi ham jangarilar uchun ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Keyinroq esa ularga ukrain harbiylari “yaxshisi bu yerdan ketinglar, yomon soldatlar keladi” deb ogohlantirganidan so‘ng haydovchilar zavod hududidan yaqin qishloq tomon qochishga va u yerdagi uylarda 9 kun davomida yashirinishga majbur bo‘lishgan. Mahalliy aholi ularga yordam bergan va DXR hududiga o‘tkazib qo‘ygan.
DXR hududida ularni askarlar kutib olgan va xavfsiz joyga joylashtirishgan va yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga jo‘natish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganin ma’lum qilgan edi. Harbiy operatsiyaning maqsadi Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish. Operatsiya davomida faqat harbiy infratuzilma, qurol-yarog‘ omborlari yo‘q qilinmoqda, tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilayotgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0