https://oz.sputniknews.uz/20220401/ommaviy-sportni-rivojlantirishga-etibor-kuchaytiriladi--23716466.html
Ommaviy sportni rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi
Ommaviy sportni rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bolalar va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. 01.04.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-04-01T18:27+0500
2022-04-01T18:27+0500
2023-04-05T15:48+0500
jamiyat
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1244/22/12442201_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_2159f94d2acc5244a475ce397410a172.jpg
TOShKENT, 1-aprel — Sputnik. O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirishga jiddiy e’tibor beriladi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Sportni rivojlantirish vazirligiga mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birga yil davomida 6 million nafar o‘g‘il-qizlarni ommaviy sport tadbirlariga qamrab olish vazifasi qo‘yildi.Buning uchun 10-apreldan boshlab, mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan har bir viloyatga 100 million so‘mgacha, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar tuman va shahar, viloyat hamda milliy terma jamoalar tarkibiga saralab olinadi.Mahallalarda sport infratuzilmasini yaxshilash, loyihalar qiymatini maqbullashtirib, maydonchalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari, xalqaro musobaqalar g‘oliblari bilan mahalla yoshlari o‘rtasida motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish muhimligi aytildi.Shularni inobatga olgan holda, ommaviy sportni yanada rivojlantirish, shu yil Xanchjouda o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sport murabbiylari tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 118 ta sport majmuasi, mahallalarda 7 mingta sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda 3 ming 500 ta mini-futbol, 6 mingta basketbol, voleybol, 663 ta badminton maydonlari, mingdan ortiq fitnes zallari mavjud. Har bir tuman va shahar markazlarida “Salomatlik yo‘laklari” va velosiped yo‘llari tashkil etildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1244/22/12442201_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_ea2dfd7d0c7c1fd0e2ce72e13f7a89d8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sport
Ommaviy sportni rivojlantirishga e’tibor kuchaytiriladi
18:27 01.04.2022 (yangilandi: 15:48 05.04.2023) Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bolalar va yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
TOShKENT, 1-aprel — Sputnik. O‘zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirishga jiddiy e’tibor beriladi. Bu haqida prezident matbuot xizmati
xabar bermoqda.
“Taraqqiyot strategiyamizda jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini keyingi besh yilda 33 foizga yetkazish maqsadi belgilangan”, - deyiladi xabarda.
Sportni rivojlantirish vazirligiga mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan birga yil davomida 6 million nafar o‘g‘il-qizlarni ommaviy sport tadbirlariga qamrab olish vazifasi qo‘yildi.
Buning uchun 10-apreldan boshlab, mahalla, tuman, viloyat va respublika bosqichlaridan iborat ommaviy sport tadbirlari o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan har bir viloyatga 100 million so‘mgacha, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan yoshlar tuman va shahar, viloyat hamda milliy terma jamoalar tarkibiga saralab olinadi.
Mahallalarda sport infratuzilmasini yaxshilash, loyihalar qiymatini maqbullashtirib, maydonchalar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari, xalqaro musobaqalar g‘oliblari bilan mahalla yoshlari o‘rtasida motivatsion uchrashuvlar o‘tkazish muhimligi aytildi.
Shularni inobatga olgan holda, ommaviy sportni yanada rivojlantirish, shu yil Xanchjouda o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sport murabbiylari tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qarorlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 118 ta sport majmuasi, mahallalarda 7 mingta sport maydonchasi foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda 3 ming 500 ta mini-futbol, 6 mingta basketbol, voleybol, 663 ta badminton maydonlari, mingdan ortiq fitnes zallari mavjud. Har bir tuman va shahar markazlarida “Salomatlik yo‘laklari” va velosiped yo‘llari tashkil etildi.