https://oz.sputniknews.uz/20220331/valyuta-bozorida-keskin-tebranishlarning-oldini-olish-uchun-zaxiralarimiz-etarli--mirziyoev--23686003.html
Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli – Mirziyoyev
Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli – Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi. 31.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-31T17:12+0500
2022-03-31T17:12+0500
2022-03-31T17:12+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
oltin-valyuta zaxiralari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23171074_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ed8ab0802edc6b3aa4d103d8dcc19a25.jpg
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistonning valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxirasi yetarli. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari valyuta bozorini barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan choralarni qayd etdi.Jumladan, valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi, birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlandi.Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valyuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda.Masalan, so‘nggi bir oyda jahon bozorlarida bug‘doy narxi 36 foizga, shakar xom ashyosi 10 foizga, o‘simlik yog‘i narxi 2 barobarga oshgan.“Hozir dunyoda juda murakkab davr davom etayapti. Har kuni yangi sinovlar bilan to‘qnash kelayapmiz. Lekin, bu – ertaga nima bo‘ladi deb, kutib o‘tirish kerak, degani emas. Muammolarni tezkor aniqlab, hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topishimiz zarur”, - dedi Mirziyoyev.Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2022-yil 1-mart holatida 35,36 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu 1-fevral holatiga nisbatan 935,6 mln dollarga ko‘p.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/06/23171074_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_78da1bf3f975ffde19532ead5f85a2d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, oltin-valyuta zaxiralari
iqtisod, shavkat mirziyoyev, oltin-valyuta zaxiralari
Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli – Mirziyoyev
Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. O‘zbekistonning valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxirasi yetarli. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari valyuta bozorini barqarorlashtirish borasida ko‘rilayotgan choralarni qayd etdi.
Jumladan, valyuta bozori va ayirboshlash kursi barqarorlashdi, birjada rubl va yuan bo‘yicha savdolar boshlandi.
“Bu borada xalqimizda ortiqcha xavotir yoki bezovtalik bo‘lmasligi kerak. Valyuta bozorida keskin tebranishlarning oldini olish uchun zaxiralarimiz yetarli”, -
dedi prezident.
Markaziy bankka puxta o‘ylangan, og‘ir va vazmin valyuta va monetar siyosatni olib borishni davom ettirish topshirildi.
Markaziy bankning viloyatlardagi rahbarlari tadbirkorlar bilan har kuni uchrashib, ularga valyuta bozoridagi vaziyatni, eksport-import hisob-kitoblarini amalga oshirish va yangi kredit mexanizmlarini tushuntirib boradi.
Xalqaro ekspertlar jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab vaziyat uzoq davom etishini prognoz qilishmoqda.
Masalan, so‘nggi bir oyda jahon bozorlarida bug‘doy narxi 36 foizga, shakar xom ashyosi 10 foizga, o‘simlik yog‘i narxi 2 barobarga oshgan.
“Hozir dunyoda juda murakkab davr davom etayapti. Har kuni yangi sinovlar bilan to‘qnash kelayapmiz. Lekin, bu – ertaga nima bo‘ladi deb, kutib o‘tirish kerak, degani emas. Muammolarni tezkor aniqlab, hal qilish va yangi imkoniyatlarni izlab topishimiz zarur”, - dedi Mirziyoyev.
Markaziy bank
ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2022-yil 1-mart holatida 35,36 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu 1-fevral holatiga nisbatan 935,6 mln dollarga ko‘p.