Tashqi xavf-xatarlarni yumshatish uchun tadbirkorlar qanday qo‘llab-quvvatlanadi

© Unsplash / Hunters RaceBiznesmen. Illyustrativnoe foto
Biznesmen. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2022
Obuna bo‘lish
Prezident tashqi xavf-xatarlarni yumshatish uchun tadbirkorlarga beriladigan qo‘shimcha yengilliklarni ma’lum qildi.
TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashqi xavf-xatarlarni yumshatish maqsadida O‘zbekiston tadbirkorlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini e’lon qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi xabar berdi.
Jumladan:
soliq ma’murchiligi doirasida ombordagi tovarlarning hisobini, va kodlarini majburiy yuritish, mulklar hamda ijara shartnomalarini elektron ro‘yxatdan o‘tkazish kabi yangi mexanizmlar bo‘yicha jarima va boshqa ta’sir choralari yil yakuniga qadar qo‘llanilmaydi;
o‘z ehtiyojlari uchun olib kelingan xom ashyo, asbob-uskuna, ehtiyot qismlarga bojxona imtiyozlarini qo‘llash davri hozirgi 6 oydan 1-yilgacha uzaytiriladi;
yil yakuniga qadar Rossiya, Ukraina va Belarus bilan ishlayotgan korxonalarga debitor qarzdorligi uchun jarima qo‘llanilmaydi;
ushbu mamlakatlar bilan ishlayotgan eksportchilarning bank kreditlari bo‘yicha qarzdorligi uzaytiriladi, penya va jarimalar undirilmaydi.
Banklar tadbirkorlarga xom ashyo sotib olish va aylanma mablag‘lar uchun qo‘shimcha 10 trillion so‘m “revolver” kreditlar ajratadi. Ushbu mablag‘lar birinchi galda eksportchilar, oziq-ovqat va iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilarga ajratiladi.
Davlat dasturlari doirasida meva-sabzavot yetishtirishga, oilaviy tadbirkorlik, ipoteka va ta’limga ajratiladigan kreditlar hajmi va imtiyozli stavkalari saqlab qolinadi.
“Qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ajratiladigan mablag‘larni kamaytirmaymiz va yukini oshirmaymiz”, - dedi prezident.
Davlat rahbari bironta hokim va tarmoq rahbarining ish o‘rinlarini kamaytirishga, bandlik rejalarini bajarmaslikka haqqi yo‘qligini ta’kidladi.
“Agar qaysi hokim bu ishlarni qilmasa, unga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi”, - deya ogohlantirdi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0