Markaziy bank yangi oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga chiqardi

© PixabayMoneti
Moneti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 15 va 20 gramm og‘irlikdagi oltin hamda 31,1 gramm og‘irlikdagi kumush esdalik tangalari sotuvga chiqariladi.
TOShKENT, 30 mar - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki yangi namunadagi oltin va kumush esdalik tangalarini sotuvga chiqarilayotganini e’lon qildi.
“Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” mavzulariga bag‘ishlangan oltindan tayyorlangan 15 va 20 gramm og‘irlikdagi hamda kumushdan tayyorlangan 31,1 gramm og‘irlikdagi esdalik tangalari 30-martdan boshlab sotuvga chiqarilmoqda, - deyiladi xabarda.
© Sb UzbekistanaSB vipustila zolotie i serebranie moneti novix obrazsov
SB vipustila zolotie i serebranie moneti novix obrazsov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2022
SB vipustila zolotie i serebranie moneti novix obrazsov
Mazkur esdalik tangalari ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqariladi. Oltin va kumush esdalik tangalarini tijorat banklarining filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.
Esdalik tangalari sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0