Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu: Ukrainadagi maxsus operatsiyaning asosiy vazifalari bajarildi

© Sputnik / Press-slujba Minoboroni RF / Mediabankka o‘tishSoveshanie S. Shoygu s rukovodstvom Minoboroni RF
Soveshanie S. Shoygu s rukovodstvom Minoboroni RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, endi asosiy diqqatni Donbassni ozod qilishga qaratish mumkin.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalari umuman olganda bajarildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Umuman olganda operatsiyaning birinchi bosqichining asosiy vazifalari bajarildi. Ukraina Qurolli kuchlarining jangovar salohiyati sezilarli pasaydi, bu asosiy diqqat va asosiy sa’y-harakatlarni asosiy maqsad – Donbassni ozod qilishga qaratishga imkon beradi”, - dedi Shoygu yig‘ilish davomida.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba berilmoqda. Tinch aholi turar joylariga, shaharlarga zarba berilmayapti.

Mavzuga oid:

Medvedev muzokaralardagi Rossiya va Ukraina maqsadlarini aytdi
Rossiya jamiyatida Ukraina maxsus operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydiganlar soni oshmoqda
"Kinjal” raketalari bilan Ukraina armiyasining yer osti o‘q-dorilar ombori yo‘q qilindi
Yangiliklar lentasi
0