https://oz.sputniknews.uz/20220329/bosh-prokuratura-marhum-xodimi-uchun-951-mln-som-nafaqa-puli-tolaydi-23634133.html
Bosh prokuratura marhum xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘laydi
Bosh prokuratura marhum xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘laydi
Sputnik O‘zbekiston
Sud qarori: Bosh prokuratura 951,2 mln so‘m bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 mln so‘m ma’naviy zarar, qolaversa, 76,6 mln so‘mlik davlat bojini to‘laydi. 29.03.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-03-29T16:00+0500
2022-03-29T16:00+0500
2022-03-29T16:00+0500
jamiyat
bosh prokuratura
prokuror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1178/80/11788078_8:0:1274:712_1920x0_80_0_0_0108515822824626dfaa650dcb8b8fee.jpg
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘lab beradi. Bu haqida Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda. O‘tgan yili Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonov 33 yoshida yurak xurujidan vafot etganidan so‘ng uning otasi boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish maqsadida Bosh prokuraturani sudga bergandi. Sudning shu yil 10-martdagi ajrimi bilan da’vogar A. Raxmanov (marhumning otasi) vafot etganligi sababli uning da’vo arizasi ish yurituvidan tugatilgan.Aytilishicha, sudning tashabbusi bilan da’vogar tomonidan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan N. Raxmanova sudga javobgarga nisbatan turmush o‘rtog‘ining ish joyida vafoti munosabati bilan voyaga yetmagan farzandlari va o‘zi uchun nafaqa, sug‘urta tovoni va ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.“Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2022-yil 28-martdagi hal qiluv qaroriga asosan N. Raxmanovaning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan”, deyiladi xabarda.Bosh prokuratura N. Raxmanovaning foydasiga 951 275 952 so‘m miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 000 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar to‘lab beradi. Shuningdek, javobgardan davlat foydasiga 76 642 076 so‘m davlat boji undiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1178/80/11788078_166:0:1115:712_1920x0_80_0_0_78ba22ebd9df6577ffb922ed265caf54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bosh prokuratura, prokuror
jamiyat, bosh prokuratura, prokuror
Bosh prokuratura marhum xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘laydi
Sud qarori: Bosh prokuratura 951,2 mln so‘m bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 mln so‘m ma’naviy zarar, qolaversa, 76,6 mln so‘mlik davlat bojini to‘laydi.
TOShKENT, 29 mar - Sputnik. Bosh prokuratura ishda vafot etgan xodimi uchun 951 mln so‘m nafaqa puli to‘lab beradi. Bu haqida Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati
xabar bermoqda.
O‘tgan yili Bosh prokuratura xodimi Samir Rahmonov 33 yoshida yurak xurujidan vafot etganidan so‘ng uning otasi boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olish maqsadida Bosh prokuraturani sudga
bergandi. Sudning shu yil 10-martdagi ajrimi bilan da’vogar A. Raxmanov (marhumning otasi) vafot etganligi sababli uning da’vo arizasi ish yurituvidan tugatilgan.
Aytilishicha, sudning tashabbusi bilan da’vogar tomonidan mustaqil talab bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan N. Raxmanova sudga javobgarga nisbatan turmush o‘rtog‘ining ish joyida vafoti munosabati bilan voyaga yetmagan farzandlari va o‘zi uchun nafaqa, sug‘urta tovoni va ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
“Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining 2022-yil 28-martdagi hal qiluv qaroriga asosan N. Raxmanovaning da’vo talablari qisman qanoatlantirilgan”, deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura N. Raxmanovaning foydasiga 951 275 952 so‘m miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan nafaqa puli va 20 000 000 so‘m miqdorida ma’naviy zarar to‘lab beradi. Shuningdek, javobgardan davlat foydasiga 76 642 076 so‘m davlat boji undiriladi.