Vashington “yettilik”ni “yigirmalik” bilan adashtirmoqda
© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tish28 iyunya 2019. Pered nachalom sammita "Gruppi dvadsati" v mejdunarodnom vistavochnom sentre INTEX Osaka v Osake
© Sputnik / Ilya Pitalev
/ Obuna bo‘lish
Yangi dunyo allaqachon kirib kelgan bo‘lsa-da, eski dunyo tartibining asiri bo‘lib qolishni afzal ko‘radigan Amerika rahbariyati buni tan olishni istamaydi.
Jo Baydenning Yevropaga tashrifi arafasida uning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan AQShning Rossiyani dunyoning eng yirik iqtisodiy klubi bo‘lmish G20 dan chiqarmoqchi ekanini ma’lum qildi.
“Katta yigirmalik masalasiga kelsak: Rossiya endi odatdagidek xalqaro institutlar va xalqaro hamjamiyatda biznes yurita olmaydi, deb hisoblaymiz", -deydi Sallivan. O‘z bayonotida u Vashington bu masalani hamon o‘rganayotgani va “navbatdagi bayonot bilan chiqishdan oldin” AQShning o‘z ittifoqchilari bilan maslahatlashib olishni xohlayotganini bildirdi. Rossiyaning klubdagi ishtiroki masalasi payshanba kuni Brusselda, Bayden ishtirokida bo‘lib o‘tadigan YeI va “Katta yettilik” sammitlarida ko‘rib chiqiladi.
Bu yangilik Amerika ma’muriyatining real voqelikdan qanchalar uzilib qolganining bildiradi, chunki G20dan birorta ham ishtirokchini chetlashtish mumkin emas. Dunyoning 20 ta eng yirik (YaIM bo‘yicha) davlat rahbarlari yiliga bir marta jahon iqtisodiyotining turli masalalarini muhokama qilish uchun yig‘iladi – tabiiyki unda siyosiy masalalar ham muhokama qilinadi, asosan kuluarlarda va ikki tomonlama uchrashuvlarda.
Ha, rasmiy ravishda “Katta yigirmalik” “Katta sakkiztalik”dan kelib chiqqan. 2014-yildan keyin katta sakkizlik G7 formatiga qaytgan edi. G20 G‘arb davlatlari assotsiatsiyasidan chiqqan bo‘lsa-da, u allaqachon o‘zib ketgan va dunyoning mustaqil va asosiy klubiga aylangan.
“Katta yigirmalik”ning yuqori darajadagi uchrashuvlari 2008-yilda, G‘arb tomonidan qurilgan jahon moliya tizimining zaiflashuvi va jahon iqtisodiyotiga ko‘rsatgan salbiy ta’siri natijasida kelib chiqqan jahon moliyaviy inqirozidan so‘ng boshlandi. Aslida o‘sha paytning o‘zidayoq G‘arbning hukmronlik davri tugagan edi – va bunda anglo-sakslarning o‘zi jahon iqtisodiyotini qutqarish uchun dunyoning asosiy mamlakatlarini birgalikda harakat qilishga chorlashga majbur bo‘lgandi. “Katta yigirmatalik” G‘arb va Sharq, Shimol va Janubni birlashtirib, ularga nafaqat umumiy yechimlarni izlash, balki o‘zaro muloqot qilish imkonini ham berardi.
Ikkinchi imkon birinchisiga qaraganda anchayin kerak bo‘lib qoldi, chunki globallashuvning anglo-saksoncha modelining (moliyaviy tizim ham uning bir qismi) muvaffaqiyatsizligi yildan-yilga yaqqol ko‘rinib borapti. Shunday qilib, dunyo rahbarlari bir yilda kamida bir marotaba yig‘ilish imkoniga ega edi. Biroq koronavirus mana shu imkondan ham mahrum qildi.
“Katta yigirmalik” ning so‘nggi yig‘ilishi 2019-yilning iyun oyida Yaponiyaning Osaka shahrida bo‘lib o‘tgandi. Keyingi ikki sammit videoformatda o‘tkazildi, ya’ni shunchaki rasmiyatchilik yuzasidan. Biroq G20 a’zolari bu yilning oktabr oyi oxirida Balida offlayn formatda uchrashadi. O‘z-o‘zidan bu sammit yilning eng muhim uchrashuvi bo‘ladi - chunki uch yil davomida hech qanday uchrashuv bo‘lmadi va bu vaqtda dunyo jiddiy tarafga o‘zgardi.
Darvoqe, Indoneziya orolida allaqachon yirik xalqaro sammit – Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (OTIH) bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik u boshqa davlatlar qatorida Xitoy, Rossiya va AQShni ham birlashtirgan. 2013-yil 7-oktabrda sammit bo‘lib o‘tgan - va tongda Vladimir Putinni tug‘ilgan kuni bilan o‘sha vaqti XXR raisi bo‘lgan Si Szinpin tabriklagan edi ( keyinroq ma’lum bo‘lishicha, kechqurungi uchrashuvda ular hatto bir shisha aroq ostida birga o‘tirishgan).
Undan atigi bir oy avval esa G20ning Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan sammitida Putinning o‘zi mehmonlarni kutib olgandi. Si Szinpin ham, Obama ham shu yerda edi, lekin o‘shanda ham Rossiya Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarda aniq qarorga kelgan edi. O‘sha payti hali Ukrainaning Rossiya tomon burilishi bo‘lmagan (Yanukovich Yevropa integratsiyasi to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan bosh tortganidan keyin), lekin allaqachon Putin va Obama o‘rtasida Suriya kimoviy qurollarini olib tashlash bo‘yicha kelishuv bor edi, bu esa AQShning Suriyaga ma’lum qilgan bo‘lajak zarbasini oldini olgan edi. Zarbaning bekor qilinishi sabab AQSh Yaqin Sharqdagi oxirgi obro‘sini ham yo‘qotgan edi (bundan saudiyaliklar juda g‘azablandi) va Vashington Putinni bu ishi uchun kechirmadi.
Ammo bundan ham muhimi 2013-yil yozida MXXning qochoq xodimi Edvard Snoudenga Rossiyadan boshpana berilishi bo‘ldi. AQSh hukumati uning ekstraditsiyasini talab qildi. Aynan o‘shanda Qo‘shma Shtatlar va Rossiya munosabatlari ortga qaytmas nuqtaga yetib keldi – va keyin bo‘lib o‘tgan barcha voqealar, xususan, Ukrainadagi Maydan ham Putinning 2013-yil yozidagi “yaramas xatti-harakati”ga Vashingtonning munosabat bildirgan javobi bo‘ldi.
Keyingi yil G20 a’zolari Avstraliyaning Brisben shahrida uchrashdi va 2014-yil noyabrida AQSh o‘sha sammitda Putinni izolyatsiya qilishga urindi. Biroq urinish o‘xshamadi, garchi prezident tadbirni rejalashtirilganidan sal erta tark etgan bo‘lsa-da.
G20 ning yaratilishi Atlantika loyihasining muvaffaqiyatsizlik ramziga aylandi – hozir esa, 2022-yilda G‘arbning yigirmalikni manipulyatsiya qilishga urinishlari juda kulgili. Xo‘sh, Rossiyani chetlab o‘tishga intilishida G‘arbga kim yordam beradi?
G20 ikki qismga bo‘lingan: G‘arb dunyosi va g‘arbiy bo‘lmagan dunyo. G‘arb dunyosiga AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa Ittifoqi kiradi (u ham klubga kiritilgan). Ya’ni, bu amerikaliklarga qaram bo‘lgan Janubiy Koreya va anglo-sakson Avstraliyasi qo‘shilgan o‘sha “Katta yettilik”.
G20 ning qolgan yarmi Xitoy, Rossiya, Hindiston, musulmon davlatlari (Saudiya Arabistoni, Turkiya, Indoneziya), Lotin Amerikasi davlatlari (Meksika, Argentina va Braziliya) va Janubiy Afrikadir. Ya’ni, Rossiyani jazolash va uni jahon iqtisodiyotidan “arralash”da G‘arbga qo‘shilmagan dunyoning qolgan qismi. Chunki bu qism Rossiyaning dunyo tartibini qayta tashkil etishda yetakchi sifatida harakat qilayotgani va agar bu borada unga yordam bermasa, ertaga atlantikachilarning gegemonligini istamaganlar bilan G‘arb albatta kurashishga harakat qilishini yaxshi tushunadi.
G20 ning g‘arbiy bo‘lmagan qismining hech biri AQSh yo‘l-yo‘rig‘iga ergashmoqchi va Rossiyani yakkalab qo‘ymoqchi emas balki, aksincha, ular G‘arbning butun jahon iqtisodiyotiga qanday katta zarar yetkazayotganini ko‘rib turibdi.
Bundan tashqari, g‘arbiy lagerda hammasi unchalik oson emas. Agar anglo-sakson mamlakatlari o‘z shiddatlarida birlashgan bo‘lsalar (ya’ni aniqrog‘i, Kanada va Avstraliya AQSh va Buyuk Britaniyaga o‘ta itoatkorlik bilan ergashadi), qolganlari bilan esa katta muammolar bo‘ladi. Yevropa qit’asining derjavalari (Germaniya, Fransiya va Italiya) shundoq ham AQShga geosiyosiy tomondan jiddiy qaram bo‘lib qolmoqda. Va albatta anglo-sakslarning Yevropa va Rossiya o‘rtasidagi temir pardani tushirish uchun qilgan urinishlariga har tomonlama qarshilik ko‘rsatadi. Ha, amerikaliklarga qaramligi abadiy emasligini anglagan Yaponiya va Janubiy Koreya ham Rossiyadan ajralib qolishni istamaydi. Mamlakatimiz bilan qo‘shnichilikdan farqli o‘laroq.
Unda nega bularning barchasini yaxshi tushungan AQSh Rossiyani G20dan chiqarib tashlash mavzusini ko‘tarapti? Jangovor ruhni ko‘tarish uchun, ya’ni Rossiyani jazolash uchun hech narsadan to‘xtamasliklarini ko‘rsatish uchunmi? Yoki mavzuni o‘zgartirish uchunmi? Rossiyaga qarshi haqiqiy sanksiyalar to‘plami deyarli tugab qolganini anglab, aql bovar qilmaydigan, ammo baland ovozda muhokama qilinadigan G20 dan chiqarib yuborishga e’tibor qarattirmoqchimi?
Aslida, vaziyat bundanda yomon: ular haqiqatan ham Rossiyani “yakkalab” qo‘yish imkoni borligiga ishonishadi. Va bu Vashingtonning dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarni anglamayotganini tasdiqlaydi. U chindan ham o‘zi ta’sir qila olmaydigan voqealarga ta’sir qilaman deb o‘ylaydi.
G20 kelajakdagi ko‘p qutbli dunyoning prototipi xolos. U yanada murakkablashadi va mintaqaviy integratsiya birlashmalari (masalan, ASEAN) uchun katta rol o‘ynaydi, lekin shunda yigirmalik atlantikachilarning irodasi va ta’siriga qaram bo‘lmaydi. Ular faqat o‘z to‘qima hikoyalaridagina Rossiyani "cheklab qo‘yishlari" mumkin - real dunyoda esa bunga har qanday urinish oxir-oqibat o‘z pozitsiyalariga tegib, ta’sir doirasining kamayishiga olib keladi.
Anglo-sakslarning ham, ularning eng faol sheriklarining ham adekvatligi shubhali. Masalan, Polsha G20da Rossiyaning o‘rnini bosishini taklif qildi - ammo bu xuddi Ukrainaning BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiyaning o‘rnini egallash taklifi kabi haqiqatga umuman mos kelmaydi.
Anglo-sakslar virtual dunyoda yashashni davom ettirmoqchi ekan, bu ularning muammosi. Bu faqat bizning foydamizga, chunki ularning yangi haqiqat bilan to‘qnashuvi og‘ir bo‘ladi. Yangi haqiqatki - dunyoda ham, AQShning o‘zida ham o‘rnatilgan bo‘ladi.