https://oz.sputniknews.uz/20220324/rossiya-iqtisodiy-rivojlanish-vaziri-toshkentga-keladi-23542132.html
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentga keladi
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya delegatsiyasi iqtisodiy rivojlarish vaziri Maksim Reshetnikov boshchiligida Toshkentga tashrif buyuradi. Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxtiga 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
2022-03-24T17:55+0500
2022-03-24T17:55+0500
2023-04-05T18:36+0500
siyosat
toshkent
toshkent xalqaro investitsiya forumi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23538319_0:0:656:369_1920x0_80_0_0_86e2cecbd68775fb37bba947a232c270.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov boshchiligida Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar qildi.Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxtiga 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Forumning birinchi kunidagi yalpi majlisda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov qatnashdi.24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida yalpi majlis va sho‘’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston investorlarga 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari havola etadi.Rossiya va O‘zbekiston viloyatlarini o‘zaro nima bog‘laydiEslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabrida Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Rossiyaning respublika iqtisodiyotiga to‘plangan sarmoyalari hajmi 10 mlrd dollardan oshadi. Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi to‘rt yil ichida 2,5 baravar ko‘payib, va 2 mingdan oshgan.Ayni paytda davlatlar 150 dan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd dollarni tashkil etadi.Tashqi savdo aylanmasiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik hamkori hisoblanadi. O‘zbekistonning 2021-yildagi tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, shuning 17,9 foizi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/18/23538319_72:0:564:369_1920x0_80_0_0_65858dc2979f5b754b15e854885c6d1c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri toshkent toshkent xalqaro investitsiya forumi maksim reshetnikov
rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri toshkent toshkent xalqaro investitsiya forumi maksim reshetnikov
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Toshkentga keladi
17:55 24.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Rossiya delegatsiyasi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya delegatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov boshchiligida Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi
xabar qildi. Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston poytaxtiga 25-mart kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etadi. Forumning birinchi kunidagi yalpi majlisda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov qatnashdi.
24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida yalpi majlis va sho‘’ba majlislari, davra suhbatlari, taqdimotlar, brifinglar kabi 40 dan ortiq tadbirlar
ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston investorlarga 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari havola etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil noyabrida Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi II hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tgan edi. Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, Rossiyaning respublika iqtisodiyotiga to‘plangan sarmoyalari hajmi 10 mlrd dollardan oshadi. Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni so‘nggi to‘rt yil ichida 2,5 baravar ko‘payib, va 2 mingdan oshgan.
Ayni paytda davlatlar 150 dan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda, ularning umumiy qiymati qariyb 14 mlrd dollarni tashkil etadi.
Tashqi savdo aylanmasiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning eng yirik hamkori hisoblanadi. O‘zbekistonning 2021-yildagi tashqi savdo aylanmasi 42,1 milliard dollarga yetgan bo‘lsa, shuning 17,9 foizi Rossiya ulushiga to‘g‘ri keladi.