Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Qaysi ichimlik qon bosimini tushirishga yordam beradi?

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSbor urojaya ovoshey v Volgogradskoy oblasti
Sbor urojaya ovoshey v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna bo‘lish
Yaponiyalik olimlar qon bosimini tushiruvchi ichimlik nomini ma’lum qilishdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, pomidor sharbati qon bosimini tushirishda yaxshi natija beradi. Bu haqida Food Science and Nutrition nashri ma’lum qildi.
Xabarda keltirilishicha, tuzlanmagan pomidor sharbati qon bosimini tushirishi mumkin. Tokio tibbiyot va stomatologiya universiteti hamda Tuson o‘simliklar seleksiyasi instituti olimlari bu borada 481 ta ko‘ngillilardan iborat bo‘lgan guruhda tajriba olib borishgan.
12 oydan so‘ng muntazam pomidor sharbati iste’mol qilgan insonlarda qon bosimi sezilarli darajada yaxshilangani qayd etilgan. Shuningdek, ichimlikning sistolik (yurak mushagining qisqarishida qayd etiladigan qon bosimi) va diastolik (yurak mushagi bo‘shashganda qayd etilgan qon bosimi) turlarida va xolesteringa ham ijobiy natija ko‘rsatgani aniqlangan.
Buning sababi shundaki, ichimlik tarkibida ko‘p miqdorda kaliy mavjud. Ushbu modda organizmdan suyuqlikni chiqarib tashlaydi. Agar kaliyga boy mahsulotlar iste’mol qilinmasa, tanadagi suyuqlik qon tomirlari devorlariga bosim o‘tkazadi va bundan qon bosimi oshadi.
Olimlarning ta’kidlashicha, spirtli ichimliklarni ichmaslik va kamroq tuz iste’mol qilish ham qon bosimini tushirishda yaxshi samara beradi.
Yangiliklar lentasi
0