Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida nimalar dedi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Obuna bo‘lish
Prezident: Biz O‘zbekistonning 2030-yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qo‘yganmiz.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumining yalpi sessiyasida nutq so‘zladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston o‘zining geografik joylashuviga ko‘ra, Shimol va Janubni, G‘arb va Sharqni magistral tranzit koridorlari orqali bog‘lab turadigan Markaziy Osiyo mintaqasining o‘zagi hisoblanadi.

So‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar va islohotlar

Ilgari investorlarni O‘zbekiston bozoriga kirishi va erkin faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilgan barcha omillarni bartaraf etilib, tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratila boshlangan.
Jumladan, 2017-yilda milliy valyuta – so‘mning erkin konvertatsiyasini joriy qilib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bog‘liq barcha cheklovlar olib tashlangan.
Mamlakat bank va yirik korxonalari ilk marta xalqaro reytinglar olib, jahon moliya bozorlariga chiqqan. Dunyo bozorlariga milliy valyutada ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi.
Mirziyoyev mamlakatda ochiqlik siyosatini ta’minlash uchun 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyatini yaratilganini eslatdi. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolariga esa yengillashtirilgan tartibda viza olish imkoniyati berildi.
Davlat rahbari ko‘p yillar davomida mamlakatni turli “qora ro‘yxat”larga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berilganini qayd etdi.
So‘nggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirilgan.
Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobarga pasaytirildi. Shu bilan birga, 6 mingga yaqin import boj stavkalari ham pasaytirildi.
Shuningdek, o‘tgan 5-yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi.
Tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirish choralari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
O‘zbekistonda xorijiy investorlar bilan ishlashning “yagona darcha” tamoyili asosida mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama ko‘mak beradigan, barcha hududlar va tarmoqlarni qamrab olgan Investitsiyalar vazirligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi uch yarim barobarga oshib, oxirgi 5-yilda ularning umumiy qiymati 25 milliard dollarni tashkil etdi”, - dedi prezident.
Mirziyoyev mamlakatga amalga oshirilayotgan islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani real haqiqat ekanini urg‘uladi.
Islohotlarning dastlabki yillaridayoq, iqtisodiyotning yillik o‘rtacha o‘sishi 5 foizni, sanoat sohasida esa – 8 foizni tashkil etgan. Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga yetgan.

Rejalar va ko‘zlanayotgan marralar

Prezident investitsiyalarni jalb qilish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2022
Shavkat Mirziyoyev vistupayet na Tashkentskom investitsionnom forume
Mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash yo‘nalishida amaliy takliflarni ishlab chiqish maqsadida 2022-yildan e’tiboran prezident huzuridagi Xorijiy investorlar Kengashi yig‘ilishlarini muntazam o‘tkazib borish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, “kraud-sorsing” platformasi va zamonaviy raqamli yechimlardan foydalangan holda, barcha tarmoqlar va hududlardagi investorlar va tadbirkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish amaliyotini davom ettiriladi.
Keyingi 5-yil ichida yalpi ichki mahsulotni 100 milliard dollarga, yillik eksport hajmlarini esa 30 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga yetkaziladi.
“Biz O‘zbekistonning 2030-yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishiga erishishni maqsad qilib qo‘yganmiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yangi O‘zbekiston - yangi hamkorlik

O‘zbekistonda investorlarga 200 dan ortiq jozibador loyiha takliflari havola etiladi.
Davlat rahbari bugungi kunda yangilanish va islohotlar yo‘lidan dadil borayotgan Yangi O‘zbekiston bilan amaliy hamkorlik o‘rnatishga taklif qildi.

“Sizlarning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatingizni ta’minlash O‘zbekiston prezidenti va Hukumati tomonidan kafolatlanadi", - dedi prezident.

Mirziyoyev forumda O‘zbekiston prezidenti komandasi a’zolari – vazirlar, idoralar va mahalliy hokimliklar rahbarlari ham qatnashayotgani, ular Yangi O‘zbekiston vakillari ekani va ushbu forumga tayyorgarlik doirasida undan aniq topshiriqlar olishganini ta’kidladi.
“Bu rahbarlar forumga tashrif buyurgan Siz, hurmatli mehmonlarimiz bilan amaliy va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, yangi loyihalarni ishlab chiqish, eng muhimi – investor va tadbirkorlarga har tomonlama qulay sharoitlar yaratish uchun muntazam ishlashga tayyor”, - dedi O‘zbekiston rahbari.
Bu forum 24-26 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda xalqaro tashkilotlar va moliyaviy tuzilmalar, 56 ta davlatdan 1 ming 500 nafardan ziyod yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0