Toshkent imtihon markazi testdan o‘tish narxlarini keskin oshirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTeoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2022
Obuna bo‘lish
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent shahridagi yagona markaz 1-apreldan nazariy va amaliy test sinovlaridan o‘tish narxini oshiradi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent shahridagi yagona markaz — Yagona imtihon markazi 1-apreldan test sinovlaridan o‘tish narxi oshiradi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda yozilishicha, markaz ochilgan paytda belgilangan 100 ming so‘mdan 150 ming so‘mga (50 foizga) oshadi.
“Bizning asosiy hamkorlarimiz mamlakatlaridagi beqaror iqtisodiy vaziyat, mamlakatimizda inflyatsiyaning tezlashishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotgan valyuta kursining keskin o‘zgarishi munosabati bilan yuqori sifat va xizmat ko‘rsatish darajasini saqlab qolish uchun 1-apreldan boshlab Toshkent imtihon markazi nazariy va amaliy imtihonlarni topshirish uchun birinchi urinish narxini 150 000 so‘mgacha oshirishga majbur”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Yagona imtihon markazi imtihonlarida korrupsiya butunlay tugatilganini ma’lum qilib, fuqarolarni firibgarlardan ogohlantirgan edi.
3 fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshlagan. U yerda haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar nazariy va amaliy test sinovlaridan iborat avtomatlashtirilgan imtihondan o‘tishlari mumkin. Uning afzalliklaridan biri shundaki, fuqarolar bilimini baholashda inson omili ishtirok etmaydi, butun jarayon avtomatlashtirilgan va shaffof.
Yangiliklar lentasi
0