Tatariston rahbari Rustam Minnixanov O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Tatarstana Rustam Minnixanov
Prezident Tatarstana Rustam Minnixanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2022
Obuna bo‘lish
Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 22-23 mart kunlari O‘zbekistonga amaliy tashrifi bilan keladi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Tatariston rahbari Rustam Minnixanov 22-23 mart kunlari amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Sputnik muxbiriga Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi ma’lum qildi.
Tashrif doirasida respublikaning qator vazirlik va idoralarida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Chirchiq kimyo-sanoat texnoparki qurilishiga tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan viloyat hokimligi, “O‘zkimosanoat” AJ va Tatariston administratsiyasi o‘rtasida “Ximgrad” AJ (Tatariston) bilan hamkorlikda imzolangan kelishuvlarga binoan tez orada Toshkent viloyatida “Chirchiq” texnoparki paydo bo‘ladi.
Texnopark “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatining nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va “Maksam-Chirchiq” AJga qarashli 51-sonli metall natriy ishlab chiqarish sexi hududida jihozlanadi. U umumiy maydoni 31,24 gektar bo‘lgan hududda joylashgan bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0