Ombudsman fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablarini sanadi

© Telegram / ombudsmanuzFeruza Eshmatova
Feruza Eshmatova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2022
Obuna bo‘lish
Feruza Eshmatova: ayrim mansabdorlarning qonun talablariga e’tiborsizligi fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Senat yigirma to‘rtinchi yalpi majlisda Ombudsmanning 2021-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.
Ombudsman Feruza Eshmatova ta’kidlashicha, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish hamda ularni hal etishda bir qator muammolar aniqlangan.
“Ayrim mansabdor shaxslarning qonun normalari va talablariga nisbatan e’tiborsizlik bilan munosabatda bo‘lishi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqishga yuzaki yondashishi, inson huquqlari borasidagi huquqiy asoslarni to‘liq bilmasligi hamon fuqarolar huquqlari buzilishining jiddiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda”, - deydi Feruza Eshmatova.
Qayd etilishicha, ayrim murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzilmoqda. Fuqaroning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishi holatlari ham uchrab turibdi.
O‘tgan yili ombudsman nomiga o‘zbekistonliklar, xorijlik fuqarolar va ombudsmanlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslardan jami 18 738 ta murojaat kelib tushgan.
Senatorlar ombudsmanga kelib tushgan ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik huquqlar bilan bog‘liq murojaatlar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq murojaatlar soni oshganligini qayd etishdi.
“2021 yilda ombudsman tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlarga kiritilgan jami 94 ta ta’sir choralardan faqat 58 tasi qanoatlantirilgan. Ammo qolganlarining to‘liq yechimi ta’minlanmagan. Bunda ombudsman Oliy Majlis palatalarining parlament nazorati institutidan yetarli foydalanmagan”, - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0