O‘zbekiston un va shakar bilan to‘liq ta’minlangan - vazirlik

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSaxar
Saxar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya tomonidan bug‘doy va shakar eksportiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar O‘zbekistondagi mazkur mahsulotlar hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. O‘zbekiston bug‘doy va shakar bilan to‘liq ta’minlangan, deb xabar qilmoqda Qishloq xo‘jalik vazirligi.
"Respublikada aholi va korxonalarning talabini uzluksiz, yetarli miqdorda va barqaror narxlarda bug‘doy, un, shakar mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ichki bozorlarda narxlarning keskin o‘zgarishining oldini olish to‘liq ta’minlangan", - deyilgan xabarda.

Bug‘doy

Xususan, ushbu yilda O‘zbekiston dalalarida 7,68 mln. tonna bug‘doy hosili olish kutilmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1 million tonnaga ko‘p.
O‘tgan yilda O‘zbekistonda 6,66 mln. tonna bug‘doy yetishtirilgan, Yil yakuniga qadar 2, 77 mln, tonna bug‘doy hamda 357,7 ming tonna un Qozog‘istondan import qilingan. Shuningdek, salkam 1 mln. tonna un (949 ming kg) Afg‘onistonga eksport qilingan.

Shakar

2022 yilda O‘zbekistonda 600 ming tonna shakar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. O‘tgan yilda 620 ming tonna shakar xomashosi Braziliyadan import qilingan. Afg‘onistonga 25 tonna shakar eksport qilingan.
2022 yil mart-may oylarida ta’minotchilardan yana qariyb 180 ming tonna xomashyo yetib keladi. Bundan tashqari joriy yil iyun-oktabr oylarida 200 ming tonna shakar xomashosi olib kelish rejalashtirilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, Rossiya tomonidan bug‘doy va shakar eksportiga kiritilgan vaqtinchalik cheklovlar O‘zbekistonda mazkur mahsulotlar hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi, ichki bozorda narxlar barqaror bo‘ladi, deb xulosa qilgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Yangiliklar lentasi
0