Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Buyrak kasalligida qanday ovqatlanish kerak

© pexels/Magda EhlersOvoshi na rinke
Ovoshi na rinke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2022
Obuna bo‘lish
Buyrak kasalligi bo‘lgan odamlarning ovqatlanishi muvozanatlangan bo‘lishi lozim. Unga har kuni sabzavot va mevalarni vitaminlar, mikroelementlar, kletchatka manbai sifatida kiritilishi zarur.
Buyrak kasalligi bilan og‘rigan insonlar iste’mol qiladigan mahsulotlar turfa-xil, muhim oziq moddalar tarkibi jihatidan muvozanatlangan bo‘lishi kerak. Bu haqda parhezshunos Antonina Starodubova RIA Novostiga ma’lum qildi.
Mutaxassis kuniga 5-6 marta kam miqdorda ovqatlanishni tavsiya qiladi.
“Ratsion xilma-xil, muhim oziq moddalari tarkibi jihatidan muvozanatlangan, ba’zi hollarda – oqsillar cheklangan bo‘lishi kerak. Oqsil manbalari sifatida asosan qaynatilgan holda go‘sht va yog‘li bo‘lmagan parranda va sut, yog‘i kam bo‘lgan mahsulotlar, tuxum, kam miqdorda baliq kunlik ratsion tarkibida bo‘lishi lozim”, - deydi u.
Parhezshunosning ta’kidlashicha, bunday holda, oqsil iste’molini cheklash darajasi buyraklar faoliyatining pasayishi darajasiga qarab belgilanadi. Zarur bo‘lsa, ratsiondagi an’anaviy oqsil mahsulotlari miqdori kamaytiriladi va davolanish uchun maxsus mahsulotlarga almashtiriladi.
Shifokor kunlik ratsionda tuz miqdorini cheklash kerakligini ta’kidladi, ya’ni kuniga 5 grammgacha yoki undan kam. Birinchi navbatda, tuzlangan bodring, marinadlar, dudlangan go‘sht, konserva mahsulotlari iste’mol qilishdan cheklanish lozim. Buyrak kasalligi bor insonlarga ovqat tuzsiz tayyorlanadi, so‘ngra shifokorning tavsiyalariga asosan tuz qo‘shish mumkin. Taomning ta’m xususiyatlarini yaxshilash uchun ko‘katlardan foydalanish mumkin: yalpiz, arpabodiyon, zira, dolchin kabi.
Surunkali buyrak kasalligi va buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan odamlar kaliy moddasi ko‘payishidan ehtiyot bo‘lishlari, tarkibida kaliy miqdori past bo‘lgan sabzavot va mevalar iste’mol qilishlari kerak. Chunki bu giperkalemiya va yurak-qon tomir tizimining buzilishiga olib keladi. Avvalo, bu moddalar quritilgan mevalar va bananda ko‘p.
“Kartoshka, sabzi, lavlagi, kabachki, brokkoli, qovoq, bodringni - qaynatilgan, qovurilgan yoki yangi uzilgan, don yoki kartoshka, garnir yoki salatlar qo‘shilgan sabzavotli sho‘rva holatida iste’mol qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Mevalarda kaliy moddasi miqdori kam bo‘lishi lozim. Ya’ni olma, nok, apelsin, rezavorlar kabi”, - deydi Starodubova.
Shuningdek, suyak, yurak-qon tomir tizimi buzilishining oldini olish uchun kunlik ratsiondagi fosfatlar miqdorini nazorat qilish lozim.
“Tarkibida fosfot ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlarga quyidagilar kiradi: qattiq yoki eritilgan pishloq, jigar, buyrak, sardina, yong‘oq, xamirturush, tuxum sarig‘i kabi submahsulotlar. Fosfatlardan shuningdek, sabzavot va mevalarni konservalashda, gazlangan va shirin ichimliklarda, quyultirilgan sut, kolbasa va sosiskalarni tayyorlashda ham qo‘llaniladi”, - deydi parhezshunos.
Buyraklarni asrashda shuningdek, go‘sht, baliq, qo‘ziqorin bulonlari, qayla va quyma taomlardan cheklanish, achchiq ziravorlar, qahva, achchiq choy, kakao, shokolad, gazlangan, spirtli ichimliklar kabi buyraklarni bezovta qiluvchi va markaziy asab va yurak-qon tomir tizimini bezovta qiluvchi oziq-ovqatlarni iste’mol qilishdan voz kechish yaxshi samara beradi.

Mavzuga oid:

Qaysi dori ko‘pincha allergiyaga sabab bo‘ladi
Bodomning ayollar uchun qanday foydali jihatlari bor
Tuzdan voz kechganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi
Stressni bartaraf qiluvchi mahsulotlar
Yangiliklar lentasi
0