https://oz.sputniknews.uz/20220314/ozbekiston-davlat-qarzining-bir-qismi-somga-ogirildi-23322587.html
O‘zbekiston davlat qarzining bir qismi so‘mga o‘girildi
O‘zbekiston davlat qarzining bir qismi so‘mga o‘girildi
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)va O‘zbekiston birinchi valyuta svop kelishuvini amalga oshirdi. Buning natijasida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi.
2022-03-14T17:54+0500
2022-03-14T17:54+0500
2022-03-14T17:54+0500
iqtisod
tashqi qarz
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_84f0b0011377625ef827a30567652ff1.jpg
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)va O‘zbekiston birinchi valyuta svop kelishuvini amalga oshirdi. Buning natijasida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Svop bitimlari — moliyaviy risklarni boshqarish uchun ishlatiladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Valyutaviy svop bitimi svop turlaridan biri bo‘lib, turli valyutadagi qarzlarni valyuta riskidan himoya qilish uchun foydalaniladi.ETTBning O‘zbekistondagi rahbari Alkis Drakinosning ta’kidlashicha, ushbu bitim O‘zbekistonda mahalliy valyuta bozorini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.Bitimni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (ISDA) bosh kelishuvi bo‘yicha xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy huquqiy xulosasini olgan.“Svop bitimi bo‘yicha eng yaxshi narx taklif qilgan ETTB bilan ISDA bosh kelishuvi imzolangan va Osiyo taraqqiyot bankidan xorijiy valyutada jalb qilingan qarz mablag‘larining 20 million dollar qismi bo‘yicha svop operatsiyasi amalga oshirilgan. "Qisqa qilib aytganda, ushbu ilk sinov svop operatsiyasi orqali 20 million AQSh dollaridagi davlat qarzi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.Svop operatsiyaning strategik jihati:
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/74/14177490_272:0:2845:1930_1920x0_80_0_0_934443caf29ff77a03e3a3ab5e59f640.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tashqi qarz so‘mga o‘girildi
o‘zbekiston tashqi qarz so‘mga o‘girildi
O‘zbekiston davlat qarzining bir qismi so‘mga o‘girildi
20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi mamlakat davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)va O‘zbekiston birinchi valyuta svop kelishuvini amalga oshirdi. Buning natijasida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Svop bitimlari — moliyaviy risklarni boshqarish uchun ishlatiladigan moliyaviy instrument hisoblanadi. Valyutaviy svop bitimi svop turlaridan biri bo‘lib, turli valyutadagi qarzlarni valyuta riskidan himoya qilish uchun foydalaniladi.
ETTBning O‘zbekistondagi rahbari Alkis Drakinosning
ta’kidlashicha, ushbu bitim O‘zbekistonda mahalliy valyuta bozorini rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.
Bitimni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi Xalqaro svoplar va derivativlar assotsiatsiyasining (ISDA) bosh kelishuvi bo‘yicha xalqaro yuridik kompaniyaning ijobiy huquqiy xulosasini olgan.
“Svop bitimi bo‘yicha eng yaxshi narx taklif qilgan ETTB bilan ISDA bosh kelishuvi imzolangan va Osiyo taraqqiyot bankidan xorijiy valyutada jalb qilingan qarz mablag‘larining 20 million dollar qismi bo‘yicha svop operatsiyasi amalga oshirilgan. "Qisqa qilib aytganda, ushbu ilk sinov svop operatsiyasi orqali 20 million AQSh dollaridagi davlat qarzi milliy valyutadagi qarzga o‘girildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Svop operatsiyaning strategik jihati:
ilk sinov svop operatsiyasi O‘zbekiston moliya bozorida, xususan, davlat va xususiy sektor tomonidan jalb qilinayotgan tashqi qarz mablag‘larining xorijiy valyuta risklarini samarali boshqarishda xalqaro kontragentlar bilan derivativlardan foydalanishga yo‘l ochib beradi;
xorijdan milliy valyutada investitsiya jalb qilish imkoniyati murakkabligi va cheklanganligini hisobga olganda, chet el valyutasidagi investitsiyalarni derivativ instrumentlar orqali so‘mga o‘girish muqobil vosita vazifasini bajaradi;
derivativlar bozori rivojlanishi O‘zbekiston kapital bozorida moliyaviy risklarni samarali boshqarishga, xorijda esa so‘mdagi aktiv va majburiyatlarning to‘g‘ri baholanishiga hamda milliy valyuta bozorining shaklanishiga xizmat qiladi.