Rossiya YeOII davlatlariga bug‘doy va shakar eksportni vaqtincha cheklaydi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPshenitsa
Pshenitsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu cheklovlar g‘alla mahsulotlarining uchinchi davlatlarga chiqib ketishining oldini oladi. YeOII davlatlarining g‘alla mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji esa - allaqachon ikki karra ortig‘i bilan bajarilgan.
TOShKENT, 10 mar - Sputnik. Rossiya hukumatining maxsus komissiyasi YeOII davlatlariga bir qator g‘alla mahsulotlarning eksportiga cheklov kiritdi, deb xabar qilmoqda Iqtisodiy rivojlanish vazirligi.
Undan tashqari Rossiyadan uchinchi mamlakatlarga shakar va uning xom ashyosini eksport qilish ta’qiqlanadi. Ushbu ikkala cheklov choralar 31-avgustga qadar amal qiladi.
"Bu qarorlar murakkab sharoitda davlatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hamda ichki bozorni himoya qilishga qaratilgan. Bir vaqtning o‘zida YeOII davlatlari bilan hamkorlik qilish imkoniyati saqlanib qolinmoqda", - deyilgan vazirlik xabarida.
G‘alla mahsulotlari cheklovlari bug‘doy, javdar, arpa va makkajo‘xoriga va ularning aralashmalariga ham tegishli bo‘ladi. Lekin Savdo va sanoat vazirligi bergan litsenziyalar bo‘yicha eksport saqlanib qoladi.
"Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda Rossiyaning bug‘doy bilan ta’minlanish darajasi 150%dan ortiq. Vaqtinchalik ta’qiq Rossiyadan ortiqcha hajmda g‘alla mahsulotlari uchinchi davlatlarga chiqib ketishining oldini oladi. YeOII davlatlari ushbu mavsumda o‘zlari uchun kerakli hajmlarni sotib olib bo‘lishdi", - deyiladi xabarda.
Shakar eksporti cheklovlarida YeOII davlatlari uchun istisnolar bor. Ular Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ruxsatnomasiga asosan shakar import qilishlari mumkin bo‘ladi.
Undan tashqari 17-mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeEK) majlisida YeOII davlatlarida bir qator mahsulotlar uchun bojxona to‘lovlarini vaqtincha nolga tenglashtirish taklif qilinmoqda. Bunday mahsulotlar ro‘yxatidan kartofel, piyoz, chesnok, karam, sabzi, kakao, meva puresi hamda yosh bolalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bor.
Qishloq ho‘jaligi ma’lum qilishiga ko‘ra, bugungi kunda Rossiya o‘zining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qoplamoqda. Lekin global bozorlarda noaniqlik sharoitida RF o‘zini tashqi faktorlar ta’siridan himoya qilishi kerak.
Shuni alohida ta’kidlashkerak-ki, Yevroosiyo iqtisodiy ittfoqi davlatlarining Rossiya bug‘doyiga bo‘lgan ehtiyoji 2021-2022 mavsum boshidan buyon ikki karra ortig‘i bilan qoplangan.
Rossiya hukumati ichki bozorda ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mahsulotlar narxlarining keskin oshishi, defitsit paydo bo‘lishining oldini olish uchun majmuali choralar ko‘rmoqda.
Yangiliklar lentasi
0