Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tuzdan voz kechganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi

© pixabay.com/Bru-nOPovarennaya sol
Povarennaya sol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2022
Obuna bo‘lish
Nutritsiolog Stepanova: butunlay tuzdan voz kechish o‘tkir charchoq va lohaslikka olib keladi.
Nutritsiolog Alena Stepanova RIA Novostiga tuzdan voz kechishning oqibatlari haqida so‘zlab berdi.
Mutaxassisning aytishicha, tuz iste’mol qilish organizmning hayotiy faoliyatini qo‘llab- quvvatlash uchun zarur.
“Tuz tarkibidagi natriy ionlari mushaklar to‘qimalari kamayishida, nerv impulsini o‘zkazish jarayonlarida ishtirok etadi. Shu sababli, butunday tuzdan voz kechish o‘tkir charchoq, umumiy lohaslik, nerv-mushak faoliyatida buzilishlarga olib keladi”, - deydi mutaxassis.
Stepanovaning qo‘shimcha qilishicha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, katta yoshdagi odam uchun tuzning bir sutkalik normasi 5 grammni tashkil qilishi lozim.
“Yuqori qon bosimi, glaukoma (ko‘z kasalligi), tuberkulez, buyrak yetishmovchigi, oshqozon yarasi kasalliklari bo‘lgan inson organizmi natriy xlor moddasini singdira olmaydi. Natijada, mahsulotning foydali jihatlari zararga aylanadi: kasallik o‘tishi yomonlashadi, ishchanlik qobiliyati yo‘qoladi”, - deydi nutritsiolog.
Yangiliklar lentasi
0