“Vatan tayanchi” - harakatining asosiy vazifalari nima

© Sergey Rusanov / Mediabankka o‘tishMejdunarodnie armeyskie igri v Tumenskoy oblasti
Mejdunarodnie armeyskie igri v Tumenskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi huzurida "Vatan tayanchi" - bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati davlat muassasi tashkil qilindi.
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. O‘zbekistonda yangi tashkilot - “Vatan tayanchi” harakati tashkil etildi. Bu haqida 2-mart kuni 150-sonli prezident qarori qabul qilindi.
Davlat umumta’lim maktablarida boshlang‘ich harbiy ta’lim fani o‘qituvchisi rahbarligida 20 nafar 10-11 sinf o‘quvchilaridan iborat "Vatan tayanchi" otradlari tuziladi. Otradga a’zo bo‘lish ixtiyoriy bo‘ladi, - deyilgan qarorda
Vatan tayanchining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Yosh avlodni vatan taqdiriga daxldorlik, ma’naviy-axloqiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
erkin fikrlaydigan, mustahkam bilimli, mustaqil qaror qabul qila oladigan, mamlakat va o‘z oilasi faravonligini yanada rivojlantirish orzusida bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash;
o‘quvchi yoshlar orasida harbiy-vatanparvarlik ruhini uyg‘otish;
o‘quvchilarni odob-axloq, vatanga sadoqat, o‘ziga ishonch ruhida tarbiyalash;
umumta’lim maktab o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun qulay sharoit yaratish;
o‘quvchilarni turli xavfli g‘oyalar va "ommaviy madaniyat" niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sirlardan himoya qilish.
"Vatan tayanchi" otradi a’zolariga beriladigan imtiyozlar
2022/2023 o‘quv yilidan maktabni a’lo baholar bilan tugatgan, "Vatan tayanchi" otradlarining bir nafar faol a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan oliy harbiy ta’lm muassasiga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.
Undan tashqari, "Vatan tayanchi" tavsiyanomasiga ega bo‘lgan o‘quvchilar oliy harbiy ta’lim yurtiga kirishda 5% qo‘shimcha ball olish huquqiga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0