Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Qurolli kuchlari haqida feyk xarbar tarqatganlar 15-yilga qamalishi mumkin

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishGosudarstvennaya Duma RF
Gosudarstvennaya Duma RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna bo‘lish
Yangi qonunga ko‘ra, soxta ma’lumotlar og‘ir oqibatlarga olib kelsa, bunday jinoyat uchun 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi Qurolli kuchlar haqida soxta xabar tarqatuvchilar uchun katta jarima va qamoq jazosini nazarda tutuvchi choralar to‘g‘risidagi qonunni uchinchi o‘qishda tasdiqladi.
“Qonun loyihasi zudlik bilan Federatsiya Kengashiga yuboriladi, bugun soat 14:00 da Federatsiya Kengashida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi, Federatsiya Kengashi ma’qullaganidan keyin qonun loyihasi prezident stoliga tushadi”, — dedi spiker Vacheslav Volodin.
Yangi qonunga ko‘ra, Rossiyaning Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Hujjatda qayd etilishiga ko‘ra, soxta ma’lumotlar og‘ir oqibatlarga olib keladigan bo‘lsa, bunday jinoyat uchun 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek, Rossiya Qurolli kuchlari to‘g‘risida qasddan yolg‘on ma’lumot tarqatish uchun:
700 mingdan - 1,5 million rublgacha jarima;
bir yilgacha axloq tuzatish ishlari;
uch yilgacha majburiy mehnat;
shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish.
Agar jinoyat mansabdor shaxs tomonidan yoki bir guruh shaxslar tomonidan uyushgan holda, dalillarini soxtalashtirish yo‘li bilan, g‘arazgo‘ylik maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, mafkuraviy, irqiy, milliy yoki diniy adovat yoki biror ijtimoiy guruhga nisbatan nafrat uyg‘otilishiga sabab bo‘lsa, jazo quyidagicha bo‘lishi mumkin:
3 milliondan 5 million rublgacha jarima;
besh yilgacha majburiy mehnat, yoki ushbu muddatga muayan lavozimlarni egallash yoki muayan faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqi;
5 yildan 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.
Qonun loyihasida, shuningdek, Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash chaqiriqlari uchun jazo nazarda tutilgan. Jazo - 500 ming rubl jarimadan tortib 3-yilgacha ozodlikni cheklash yoki 6 oy qamoq jazosigacha bo‘lishi mumkin.
Avvalroq TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova hozirda Rossiya harbiylarining Ukrainadagi harakatlariga oid “Ulkan feyklar oqimi” mavjudligini aytgan edi. Ularni yaratish va tarqatish bilan xorijiy razvedka xizmatlari shug‘ullanishini, NATO esa ularni muvofiqlashtirayotgani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Donbass respublikalarining mustaqilligini tan olishini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, 24-fevral kuni Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlandi. Uning maqsadi Ukrainani demilitarizatsiya qilish va millatchilardan tozalash. Harbiy operatsiya davomida Rossiya Qurolli kuchlari faqat Ukraina harbiy infratuzilmasiga zarba bermoqda, tinch aholi va shaharlarga zarba berilayotgani yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0