O‘zbekiston fuqarolari Yaponiyaga maxsus maqomda ishga taklif qilinmoqda

© AFP 2023 / Mandel NGANFlag Yaponii
Flag Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2022
Obuna bo‘lish
Imtihondan o‘tib, Yaponiyaga maxsus maqom bilan borgan o‘zbekistonliklarga kamida $1800 maosh to‘lab beriladi.
TOShKENT, 4 mar - Sputnik. Endilikda yapon tili va tanlagan kasbga oid maxsus testdan o‘tgan o‘zbekistonliklar "maxsus malakali ishchilar" maqomiga ega bo‘ladilar. Bu ularga kun chiqar mamlakatda kamida 1800-2000 dollarlik maosh bilan 10-yilgacha ishlash imkonini beradi. Bu haqda AOKA o‘tkazilgan brifingda Bandik va mehnat munosabatlari vazirligi ma’lum qildi.
Yaponiyada ishlaydiganlar qanday imkoniyatlar ega bo‘ladi ?
Fuqaro ishsiz bo‘lgan taqdirda o‘qish xarajatlari bandlik jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi.
Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning test xarajatlari qaytariladi.
Ish beruvchi bilan shartnoma qilingan taqdirda yo‘lkira xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplab beriladi.
Oylik maoshlar yapon fuqarolariga belgilangan stavka asosida to‘lanadi.
Tibbiy va ijtimoiy sug‘urta, nafaqa bilan ta’minlanadi.
Ish almashtirish imkoniyati ham beriladi.
5 yildan so‘ng oilani olib ketish uchun imkoniyat yaratiladi.
Mehnat migrantlarining farzandlari yapon maktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
"Maxsus malakali ishchi” maqomini qanday olish mumkin ?
Fuqarolar avvalo “Ishga marhamat” Monomarkazlarida tashkil etiladigan test sinovlaridan o‘tishlari lozim. Mazkur testlar ilk bor 9-19 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Endilikda mazkur testlar yilda 6-marta muntazam ravishda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Testlardan o‘tish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Maxsus malaka testlariga tayyorlanish uchun monomarkazlardagi "Yapon tili va kasbiy malaka testga tayyorlov markazlari"da yaponiyalik mutaxassislar yordamida 4 oylik o‘qishlar tashkil etilgan.
Ularda ta’lim olish uchun Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining "labormigration" dasturidan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Shundan keyin vazirlikning hududiy Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilib, "Yapon tili va kasbiy malakaga o‘qish uchun" yo‘llanmani Yapon tili va kasbiy malaka markazi xodimlariga taqdim etishi kerak.
Qaytib kelgandan so‘ng
Qayd etish lozim, O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolar Yaponiya tajribasi asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi va o‘z bizneslarini ochishda ko‘mak olishlari mumkin.
Mehnat migrantlari o‘z mamlakatlariga qaytish oldidan oylik hisobidan yechib olingan nafaqa summasini qaytarib olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun
Yaponiya davlatida demokrafik inqiroz yuzaga kelganligi bois, xozirgi kunda mamlakatdagi 150 ta ishchi o‘rniga 100 ta ishchi to‘g‘ri kelmoqda. Hukumat qolgan 50 ta o‘rinni chet ellik maxsus malakaga ega ishchilar bilan to‘ldirishni reja qilgan.
Yaponiyada 2019-yilning aprel oyida “Maxsus malakali ishchi (MMI)” deb nomlanuvchi yangi rezidentlik maqomi joriy qilingan edi. Shunga ko‘ra, mamlakat 2025-yilga qadar 325 ming nafar chet ellik ishchilarni jalb qilmoqchi. Endilikda O‘zbekiston fuqarolari ham mazkur dasturda ishtirok etishlari mumkin.
2022 yilning 1-mart oyidan boshlab Yaponiya chet ellik talabalar va ishchilarga o‘z chegaralarini ochdi. Yaponiyaga ketishni xoxlovchilar yapon tilini bilish darajasi bo‘yicha imtihon sinovlaridan va tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha amaliyot imtihonidan o‘tishi lozim. Test sinovidan o‘tgan o‘zbekistonliklar o‘zlari tanlagan korxonada 5-yildan 10-yilgacha ishlarshlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0