https://oz.sputniknews.uz/20220304/janubiy-koreya-eksporti-aqshning-rossiyaga-qarshi-sanktsiyalaridan-ozod-etildi-23138628.html
Janubiy Koreya eksporti AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod etildi
Janubiy Koreya eksporti AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod etildi
Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod bo‘ldi, faqat buning o‘rniga ular eksportni o‘zlari nazorat qilishni va’da berishdi.
2022-03-04T14:52+0500
2022-03-04T14:52+0500
2023-04-05T18:36+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
janubiy koreya
iqtisod
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/03/15928079_0:144:3071:1871_1920x0_80_0_0_0b3b3e04c5aa79e251c0645d95a991c1.jpg
TOShKENT, 4-mart – Sputnik. Seul Vashingtonning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod qilindi, Janubiy Koreya ularning o‘rniga muvofiq darajada o‘z eksport nazoratini o‘rnatadi, deb xabar qilmoqda mamlakat Savdo, sanoat va energetika departamenti. Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya, biroz oldin AQSh bilan (FDPR) qonuni ta’siri ostiga tushmaslik haqida muzokaralar olib borgan edi. Ushbu qonun AQSh texnologiyalari yordamida mahsulot ishlab chiqarayotgan uchinchi davlatlarga ham o‘z mahsulotini Rossiyaga eksport qilishni ta’qiqlaydi. Uning ta’siri 57 toifadagi mahsulotlarga ta’sir qiladi. Janubiy Koreya savdo vaziri Yo Xan Gu AQSh bilan uzoq davom etgan muzokaralar olib borib, o‘z mamlakatini AQSh bilan FDPR qonuni ta’siri ostidan chiqarishga muvofiq bo‘ldi. AQSh Janubiy Koreya tomonidan Rossiyaga qarshi kiritgan cheklovlardan qoniqqani tufayli bunga rozi bo‘lgan. Seul hozircha faqat strategik materiallarga eksport nazorati joriy etgan, FDPRga kiruvchi tovarlar toifalari bo‘yicha qaror qo‘shimcha maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinadi. AQSh Savdo vazirligi Seul rasmiylariga tasdiqlashiga ko‘ra, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan smartfonlar, yig‘ilgan avtomobillar, kir yuvish mashinalari va boshqa "iste’mol mahsulotlari" FDPR qamroviga tushsada, ular yangi qoidalardan "istisno" ekanligini qilingan. Agar ular Rossiyaga harbiy maqsadda yetkazib berilayotgan bo‘lmasa. Eslatib o‘tamiz, 21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalarining so‘rovlariga javoban Lugansk va Donesk xalq respublikalari mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Moskva 24-fevral kuni erta tongda Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilmaga zarba bermoqda, shaharlar va tinch aholiga zarba berilgani yo‘q. Bunga javoban G‘arb davlatlari 2014-yildan beri kuchayib kelayotgan sanksiyalar yangi bosqichini e’lon qildi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning cheklovlari juda jiddiy, biroq Rossiya ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ular Rossiya manfaatlariga mos keladigan javob choralarini ishlab chiqish uchun bo‘limlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirishni talab qiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/03/15928079_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_cc9d8f40b382d2bdc154f91679ed5993.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
janubiy koreya aqsh sanksiyalari rossiya eksport
janubiy koreya aqsh sanksiyalari rossiya eksport
Janubiy Koreya eksporti AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod etildi
14:52 04.03.2022 (yangilandi: 18:36 05.04.2023) Janubiy Koreya AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod bo‘ldi, faqat buning o‘rniga ular eksportni o‘zlari nazorat qilishlarini ma’lum qilishdi.
TOShKENT, 4-mart – Sputnik. Seul Vashingtonning Rossiyaga qarshi sanksiyalaridan ozod qilindi, Janubiy Koreya ularning o‘rniga muvofiq darajada o‘z eksport nazoratini o‘rnatadi, deb xabar qilmoqda mamlakat Savdo, sanoat va energetika departamenti.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya, biroz oldin AQSh bilan (FDPR) qonuni ta’siri ostiga tushmaslik haqida muzokaralar olib borgan edi. Ushbu qonun AQSh texnologiyalari yordamida mahsulot ishlab chiqarayotgan uchinchi davlatlarga ham o‘z mahsulotini Rossiyaga eksport qilishni ta’qiqlaydi. Uning ta’siri 57 toifadagi mahsulotlarga ta’sir qiladi.
Janubiy Koreya savdo vaziri Yo Xan Gu AQSh bilan uzoq davom etgan muzokaralar olib borib, o‘z mamlakatini AQSh bilan FDPR qonuni ta’siri ostidan chiqarishga muvofiq bo‘ldi. AQSh Janubiy Koreya tomonidan Rossiyaga qarshi kiritgan cheklovlardan qoniqqani tufayli bunga rozi bo‘lgan.
Yo Xan Gu xulosasiga ko‘ra, bunday chora ushbu qadam Janubiy Koreya kompaniyalarini "noma’lum kutish" muddatini kamaytiradi. Aniqrog‘i Koreya kompaniyalari Rossiyaga eksport uchun ruxsatnomani o‘z hukumatlaridan olish imkoniga ega bo‘ladi.
Seul hozircha faqat strategik materiallarga eksport nazorati joriy etgan, FDPRga kiruvchi tovarlar toifalari bo‘yicha qaror qo‘shimcha maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilinadi.
AQSh Savdo vazirligi Seul rasmiylariga tasdiqlashiga ko‘ra, Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan smartfonlar, yig‘ilgan avtomobillar, kir yuvish mashinalari va boshqa "iste’mol mahsulotlari" FDPR qamroviga tushsada, ular yangi qoidalardan "istisno" ekanligini qilingan. Agar ular Rossiyaga harbiy maqsadda yetkazib berilayotgan bo‘lmasa.
Eslatib o‘tamiz, 21-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbass respublikalarining so‘rovlariga javoban Lugansk va Donesk xalq respublikalari mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Moskva 24-fevral kuni erta tongda Ukrainani demilitarizatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyani boshladi. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Qurolli kuchlar faqat harbiy infratuzilmaga zarba bermoqda, shaharlar va tinch aholiga zarba berilgani yo‘q.
Bunga javoban G‘arb davlatlari 2014-yildan beri kuchayib kelayotgan sanksiyalar yangi bosqichini e’lon qildi. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning cheklovlari juda jiddiy, biroq Rossiya ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, ular Rossiya manfaatlariga mos keladigan javob choralarini ishlab chiqish uchun bo‘limlarni tahlil qilish va muvofiqlashtirishni talab qiladi.