Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiyaga qarshi sanksiya kiritgan mamlakatlarga sayohat qilmang - Rosturizm

© Sputnik / Aleksey FilippovPassajirka s chemodanami v aeroportu
Passajirka s chemodanami v aeroportu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2022
Obuna bo‘lish
Rosturizm turoperatorlarga cheklovlar joriy etgan mamlakatlarga turlar savdosini to‘xtatishni tavsiya qiladi.
TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Rosturizm rossiyaliklarga Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarga sayohat qilishdan voz kechishni tavsiya qiladi.
"Bugungi kunda mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, Rosturizm chet elga sayyohlik va xizmat safarlariga chiqqan barcha Rossiya fuqarolariga, iloji bo‘lsa, Rossiyaga nisbatan sanksiyalar va cheklovlar joriy etgan mamlakatlarga tashrif buyurmaslikni qat’iy tavsiya qiladi, chunki ushbu mamlakatlardan Rossiyaga o‘z vaqatida va xavfsiz qaytish ehtimoli mavjud”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Rosturizm turoperatorlarga ham sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarga turlar savdosini to‘xtatishni tavsiya qildi.
"Biz turoperatorlarga Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgan mamlakatlarga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Kanadaning yopiq havo hududi orqali o‘tadigan Karib dengizi mamlakatlariga turlar sotishni to‘xtatishni tavsiya qilamiz. Oldindan sayohatlarini bron qilgan turistlarga muqobil yo‘nalishni tanlash uchun turoperator bilan bog‘lanish tavsiya etiladi", deyilgan rosturizm xabarida.

Sayyohlarga dam olish uchun ochiq bo‘lgan va Rossiyaga nisbatan cheklovlar kiritmagan mamlakatlarni tanlashni tavsiya qiladi, bular - Turkiya, Misr, Tunis, Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Hindiston, Vyetnam va boshqa bir qator davlatlardir.

Agentlik, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Federal turizm agentligi va Federal havo transporti agentligining hozirgi turistik yo‘nalishlar holatining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarini diqqat bilan kuzatib borishni so‘raydi.
Ularning bir nechtasi, shu jumladan Lotin Amerikasidagi ba’zi mamlakatlar, Evropa Ittifoqi va Kanadaning havo hududi cheklovlari tufayli sayyohlar uchun endi kirish imkoni yo‘q, chunki ularga boradigan yo‘l xavflarning ortishi bilan bog‘liq. Bu Kuba, Dominikan Respublikasi, Meksika, Venesuela kabi davlatlar.
Yangiliklar lentasi
0