https://oz.sputniknews.uz/20220228/uzairways-ukrainada-qolib-ketgan-ozbekistonliklarni-olib-keladi-23015986.html
“UzAirways” Ukrainada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni olib keladi
“UzAirways” Ukrainada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni olib keladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi fuqarolarni Ukrainadan Polsha orqali qaytarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozircha birinchi samolyotning O‘zbekistonga parvoz qilishi joriy yilning 28-fevral kuniga rejalashtirilmoqda
2022-02-28T10:00+0500
2022-02-28T10:00+0500
2022-02-28T10:00+0500
jamiyat
ukraina
o‘zbekiston
polsha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/823/87/8238771_0:34:1200:709_1920x0_80_0_0_db91ef78ef45f539474eeaa3a193badd.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi fuqarolarni Ukrainadan Polsha orqali qaytarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov ma’lum qildi.2022 yil 27-fevral Toshkent vaqti bilan soat 16:00 ga qadar 110 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi "Karchova" nazorat-o‘tkazish punkti orqali Polsha hududiga kirgan. Yaqin vaqtda ichida boshqa fuqarolarning ham chegaradan o‘tishi kutilmoqda. Shundan so‘ng ularni markazlashgan holda avtobuslarda Katovitse shahridagi aeroportga yetkaziladi.O‘zbekistonlik diplomatlar “Karchova” nazorat-o‘tkazish punkti va Katovitse shahri aeroportida muntazam faoliyat yuritmoqda va fuqarolarning masalalarini hal qilmoqda.Turli sabablarga ko‘ra yonida hujjatlari bo‘lmagan 30 nafar O‘zbekiston fuqarosiga qaytish guvohnomasi zudlik bilan rasmiylashtirib berilgan.Polsha hududida tashkil etilgan to‘planish joyida asosiy qismi yosh bolasi bor ayollardan iborat O‘zbekiston fuqarolari uchun sharoitlar yaratilgan. Xususan, ko‘rpa-to‘shak, tibbiy yordam, issiq ovqat berilgan.Ta’kidlanishicha, Polsha TIV O‘zbekiston elchixonasining murojaatidan so‘ng vatanga qaytayotgan o‘zbekistonliklarga PZR testini taqdim etmaslik va kirish vizasini rasmiylashtirmaslikka ruxsat bergan.Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish boshlandiO‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga yetkazilgan.
ukraina
o‘zbekiston
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/823/87/8238771_106:0:1094:741_1920x0_80_0_0_0f64c2047e36d7c004194ebb0ec46a86.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
uzairways ukraina o‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya
uzairways ukraina o‘zbekiston fuqarolari evakuatsiya
“UzAirways” Ukrainada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni olib keladi
110 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi "Karchova" nazorat-o‘tkazish punkti orqali Polsha hududiga kirgan.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi fuqarolarni Ukrainadan Polsha orqali qaytarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda TIV rasmiy vakili Yusup Kabuljanov
ma’lum qildi. 2022 yil 27-fevral Toshkent vaqti bilan soat 16:00 ga qadar 110 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi "Karchova" nazorat-o‘tkazish punkti orqali Polsha hududiga kirgan. Yaqin vaqtda ichida boshqa fuqarolarning ham chegaradan o‘tishi kutilmoqda. Shundan so‘ng ularni markazlashgan holda avtobuslarda Katovitse shahridagi aeroportga yetkaziladi.
O‘zbekistonlik diplomatlar “Karchova” nazorat-o‘tkazish punkti va Katovitse shahri aeroportida muntazam faoliyat yuritmoqda va fuqarolarning masalalarini hal qilmoqda.
Turli sabablarga ko‘ra yonida hujjatlari bo‘lmagan 30 nafar O‘zbekiston fuqarosiga qaytish guvohnomasi zudlik bilan rasmiylashtirib berilgan.
“O‘zbekiston fuqarolarini Polshadan Vatanimizga qaytarish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlarining o‘tishi uchun havo yo‘lagi bilan ta’minlash masalasi hal qilindi. Hozircha birinchi samolyotning O‘zbekistonga parvoz qilishi joriy yilning 28-fevral kuniga rejalashtirilmoqda”, - deyilgan xabarda.
Polsha hududida tashkil etilgan to‘planish joyida asosiy qismi yosh bolasi bor ayollardan iborat O‘zbekiston fuqarolari uchun sharoitlar yaratilgan. Xususan, ko‘rpa-to‘shak, tibbiy yordam, issiq ovqat berilgan.
Ta’kidlanishicha, Polsha TIV O‘zbekiston elchixonasining murojaatidan so‘ng vatanga qaytayotgan o‘zbekistonliklarga PZR testini taqdim etmaslik va kirish vizasini rasmiylashtirmaslikka ruxsat bergan.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shu vaqtgacha 600 nafardan ziyod O‘zbekiston fuqarolari Polsha chegarasiga
yetkazilgan.1.
O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xodimlari: Maruf Karimov ("Karchova" nazorat punktida) - tel.: +48 508 064 333; Telegram: +99893 5947557.
2.
Asqar Beknazarov (“Katovitse” aeroportida) - tel.: +48 508 995 888; Telegram: +99890 1160084.
3.
Sardor Axmatov (elchixonada) - tel.: +48 502 501 588; Telegram: +99894 6541010.