Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Ukrainada 1114ta harbiy obyektni yo‘q qildi

© Sputnik / Ivan Rodionov / Mediabankka o‘tishUnichtojennaya ukrainskaya BRDM-2 na pole pod Volnovaxoy.
Unichtojennaya ukrainskaya BRDM-2 na pole pod Volnovaxoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy infratuzilmasining 1114ta obyektini yo‘q qildi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan beri Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy infratuzilmasining 1114ta obyektini yo‘q qildi, dedi jurnalistlarga Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
“314ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 57ta reaktiv raketalar, 121ta dala artilleriyasi va minomot, 274ta maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi”, - deb qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, DXR va LXR hujumga o‘tib, yangi aholi punktlari nazoratga olinmoqda.
Rossiya aviatsiyasi butun Ukraina ustidan havo ustunligiga erishdi. Rossiya bo‘linmalari Berdansk va Energodar shaharlarini o‘z nazoratiga oldi.
Shuningdek, Rossiya kuchlari Zaporoj atom elektr stansiyasi atrofini qo‘riqlamoqda va nazorat qilmoqda. Stansiya xodimlari ishlashda davom etmoqda, radioaktiv fon normal darajada.
“Kiyevda talonchilar va millatchilarning qurolli to‘dalari o‘zboshimchalik bilan zo‘ravonlik qilmoqda, bu Ukraina hukumatining aholiga nazoratsiz qurol tarqatish bo‘yicha jinoiy qarori natijasidir”, - dedi RF mudofaa vazirligi vakili.
Yangiliklar lentasi
0