Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Zelenskiy Belarusda Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Ukraini Vladimir Zelenskiy
Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina prezidenti Rossiya bilan muzokaralar uchun Varshava, Budapesht, Istanbul, Boku shaharlarini maydoncha sifatida taklif qildi.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy boshqa shaharlar Rossiya bilan muzokaralarning maydonchasi bo‘lishi mumkinligi ma’lum qildi, biroq Belarusdagi emas.
“Hozir biz deymizki: Minsk emas. Uchrashuv uchun boshqa shaharlar maydoncha bo‘lishi mumkin”, - dedi u.
“Biz uchrashishni istaymiz, biz urush tugashini istaymiz. Varshava, Budapesht, Istanbul, Boku – Rossiya tomoniga biz bu shaharlarni taklif qildik. Har qanday, mamlakati hududidan raketa uchmayotgan, boshqa shaharlar bizga mos keladi”, - dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shunda muzokaralar to‘g‘ri bo‘ladi va haqiqatdan urushni yakunlashi mumkin.
Biroz avval Rossiya delegatsiyasi Ukraina tomoni bilan muzokaralar uchun Belarusga kelgani xabar qilingan edi. Delegatsiya Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar, jumladan, prezident ma’muriyati vakillaridan iborat. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozir Gomelda muzokaralarga tayyorligini bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0