Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Putin va Si Szinpin bilan Ukrainani muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tish4 fevralya 2022. Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel KNR Si Szinpin (sprava) vo vremya vstrechi v gosudarstvennoy rezidensii "Daoyuytay" v Pekine.
4 fevralya 2022. Prezident RF Vladimir Putin i predsedatel KNR Si Szinpin (sprava) vo vremya vstrechi v gosudarstvennoy rezidensii Daoyuytay v Pekine. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2022
Obuna bo‘lish
Prezident Putin va XXR rahbari Si Szinpin telefon orqali Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va va Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin juma kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.
Xitoy tomoni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaroni muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanligi haqida bayonot berdi. Xitoy Markaziy televideniyesining xabar berishicha, Putin Kiyev bilan oliy darajada muzokara o‘tkazishga tayyor ekanligini ta’kidlagan.
Bugun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidentiga “odamlar o‘limini to‘xtatish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishni” taklif qildi.
Bir kun avval Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi. Uning ta’kidlashicha, Moskvaning Ukrainani bosib olish rejalari yo‘q, balki uni qurolsizlantirish va natsizmni yo‘q qilishni istaydi. Davlat rahbari operatsiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad deb sakkiz yil davomida genotsidga uchragan DXR va LXR aholisini himoya qilish ekanliginita’kidlagan.
U Ukraina harbiylarini jinoiy buyruqlarni bajarmaslikka, qurollarini tashlab, uylariga qaytishga chaqirdi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, qon to‘kilishi uchun barcha javobgarlik Kiyev rejimining vijdonida bo‘ladi.
Mudofaa vazirligida faqat harbiy infratuzilmalariga zarba berilishi, Ukraina hududidagi tinch aholi obyektlariga teginilmasligi va aholi xavf ostida emasligi ta’kidlandi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, juma kuni tongda Ukrainaning 118 harbiy obyekti ishdan chiqarilgan, Chernobil AES nazoratga olingan. Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bostirilgan, harbiy havo bazalari infratuzilmasi ishdan chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0