Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston YeOIIning ayrim loyihalarida ishtirok etadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishFlagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze
Flagi stran-uchastnis YeAES i gosudarstv-nablyudateley pri soyuze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YeOII iqlim, raqamlashtirish va logistika loyihalariga qo‘shilmoqchi.
O‘zbekiston YeOII iqlim, raqamlashtirish va logistika loyihalariga qo‘shilmoqchi.
Bu haqda Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov ma’lum qildi.
“Hurmatli hamkasblardan bugungi yig‘ilishda ko‘rib chiqilgan elektron tijoratni rivojlantirish, temir yo‘l yuklarini raqamlashtirish, “Yevroosiyo ekspress” logistika loyihasi va iqlim masalalari bo‘yicha hamkorlik kabi tashabbuslarda O‘zbekiston ishtirokini ma’qullashni so‘rayman”, — dedi Aripov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan YeOII davlatlari rahbarlarining sammitida Yevroosiyo hududida muhim biznes tashabbus va dasturlarini amalga oshirishda kuzatuvchi-davlatlarni faolroq jalb etish hamda YeOI komissiyasi organlarida kuzatuvchi davlatlarning ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish takliflarini bildirgandi.
24-25 fevral kunlari Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yakunlari bo‘yicha imzolangan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi. Sputnik Qozog‘iston.
Ulardan biri - “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining ayrim tashabbuslarida ishtirok etishi to‘g‘risida”gi masala bo‘yicha ko‘rsatma.
“Biz O‘zbekiston Respublikasining kuzatuvchi-davlat maqomini hisobga olgan holda YeOIIning alohida loyihalar bo‘yicha ishida ishtirok etish tashabbusini ko‘rib chiqdik”, - dedi Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarov Yevroosiyo hamkorligi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuotga bergan intervyusida.
Ayni vaqtda YeOII a’zolari - Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston. Kuzatuvchi-davlatlar – O‘zbekiston, Moldova, Kuba.
O‘zbekiston barcha ochiq tadbirlarda va muhokamalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega, bu esa bu ittifoqqa keyingi integratsiya to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilishga imkon beradi.
Yangiliklar lentasi
0