Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukrainadagi vaziyat: so‘nggi xabarlar

© Sputnik / Ilya PitalevOfitsialniy predstavitel ministerstva oboroni RF general-mayor Igor Konashenkov
Ofitsialniy predstavitel ministerstva oboroni RF general-mayor Igor Konashenkov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Shoygu Ukraina harbiylariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni buyurdi.
TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Donesk va Lugansk qurolli kuchlari Ukraina hududi ichiga bir necha kilometr kirishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov.
DXR va LXR qurolli kuchlarining qo‘shma harbiy guruhlari Ukraina pozitsiyalariga hujum qilishda davom etmoqda. Rossiya Qurolli kuchlari ularga masofadan turib o‘t ochish yordamida ko‘mak bermoqda.
Ayni damda harbiy harakatlar bo‘layotgan hududlarda qarshilik ko‘rsatayotgan asosiy kuchlar bu – qurollangan millatchilar guruhlaridir. Ukraina Qurolli kuchlari harbiylari jangovar to‘qnashuvlarda ishtirok etmaslikka harakat qilishmoqda. Ular harbiy operatsiya bo‘layotgan hududlardan qurollarini tashlab chiqib ketishga harakat qilishmoqda.
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu barcha bo‘linma qo‘mondonlarga – Ukraina harbiylariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish haqida maxsus topshiriq berdi. Chunki Ukraina harbiylari, millatchi qurollangan guruhlardan farqli ravishda, Ukraina xalqi oldida qasamod qilgan. O‘z qurollarini topshirgan Ukraina harbiylari uchun janglar bo‘layotgan hududlardan chiqish va o‘z oilalariga qaytish uchun xavfsiz koridorlar tashkil qilish haqida maxsus topshiriq berildi.
DHR harbiy qo‘shinlari Volnovaxa aholi punkti tomon yurishda 7km ichkariga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Harbiy operatsiyalar davomida 14 nafar Ukraina harbiylari qurollarini topshirib jangdan chiqqan. Qurolli qarshilik ko‘rsatishdan voz kechishi to‘g‘risida tilxat yozib berganidan so‘ng ular o‘z oilalariga qaytadi.
LXR harbiy gruppirovkasi Stepovoe aholi punkti yaqinida, millatchi batalonlar tomonidan qattiq qarshilikka duch kelishiga qaramasdan, 1 kmichkariga kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Masofadan turib berilgan zarbalar tufayli Ukraina harbiy infratuzilmasining 74ta obyekti, jumladan 11ta aerodromi, 3ta qo‘mondonlik punkti, Ukraina harbiy dengiz kuchlari joylashgan punkti, 18 ta radiolokatsion stansiyalar, S-300 va “Buk”- M1 zenit raketa tizimlari yo‘q qilingan. Undan tash 1ta jangovar vertolot va 4ta zarba beruvchi “Bayraktar” uchuvchisiz apparatlarilari urib tushirilgan.
Yana bir bor alohida ta’kidlab aytamanki, Rossiya Qurolli kuchlarining zarbalari, Ukraina harbiylari va ularning oila a’zolariga zarar yetkazmaslik maqsadida, shaharlar, ijtimoiy obyektlar, harbiy qo‘shin garnizonlari, kazarmalar, ofitserlar uylari va aholi uylariga qaratilmagan.
Rossiya havo-kosmik kuchlariga qarashli bo‘lgan bitta Su-25 samolyoti uchuvchining boshqaruv xatosi oqibatida halokatga uchradi. Uchuvchi muvaffaqiyatli katapulta qilishga ulgurgan va ayni damda o‘z harbiy qismiga qaytib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-fevral kuni erta tongda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus operatsiya o‘tkazish boshlangani haqida xabar qildi. Rossiya prezidenti u yerda vaziyat keskinlashganini, DXR va LXR Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilganini ma’lum qildi. Vladimir Putin Ukrainani okkupatsiya qilish niyati yo‘qligini, maqsad faqat uni demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish ekanini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Putin Ukraina harbiylariga murojaat qilib, rahbariyatning jinoyatkorona buyruqlarini bajarmaslikni va qurollarini qoldirib uylariga borishni so‘radi.
Yangiliklar lentasi
0