Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi

© REUTERS / Valentyn OgirenkoFlag Ukraini na fone Monumenta Nezavisimosti na ploshadi Nezavisimosti v Kiyeve, 2016 god
Flag Ukraini na fone Monumenta Nezavisimosti na ploshadi Nezavisimosti v Kiyeve, 2016 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
Zelenskiy: Ukraina va Rossiya o‘rtasida hech qanday diplomatik aloqalar yo‘q.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Ukraina Rossiya bilan diplomatik aloqalarini uzdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.
Ukraina Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik aloqalarini uzdi” – dedi u brifing davomida.
Avvalroq Rossiya rahbari Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.
"Vaziyat bizdan qat’iy va kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rishni talab qilmoqda. Donbassdagi xalq respublikalari Rossiyaga yordam so‘rab murojaat qilishdi. BMT Nizomining 7 qismi 51 bandi, Rossiya Xavfsizlik kengashining qarori hamda DXR va LXR bilan tuzilgan do‘stlik va o‘zaro yordam shartnomalariga asosan, men maxsus harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildim", - dedi u rossiyaliklarga qilgan murojaatida.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukrainani okkupatsiya qilish niyatida emas, lekin Moskva Ukrainani demilitarizatsiya qilishga harakat qiladi.
"Rossiya maxsus operatsiyasining maqsadi - Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yildan buyon tahqirlab kelinayotgan, genotsid qilinayotgan odamlarni himoya qilish, tinch aholiga, jumladan, Rossiya fuqarolariga nisbatan ham ko‘plab jinoyatlar qilgan kishilarni sudga berish", - deya ta’kidladi Putin.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina hududidagi faqat harbiy infratuzilmalariga zarba berilayotganini qayd etdi. Tinch aholiga hech narsa tahdid solmayapti.
Keyinchalik vazirlik ukrainalik chegarachilar “hech qanday qarshilik ko‘rsatishmayotganliklarini” qo‘shimcha qildi. Ukrainaning havo hujumiga qarshi mudofaasiga zarar yetkazilgan, harbiy aviabazalarning infratuzilmalari ishdan chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0