Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina oliygohlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishKabinet informatiki. Arxivnoe foto
Kabinet informatiki. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni o‘z Vatanlarida masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish tavsiya qilinmoqda.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Ukraina oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talablarga murojaat qildi.
Talabalardan O‘zbekistonga vaqtinchalik jo‘nab ketgan taqdirda o‘qishlarini saqlab qolish yuzasidan savollar kelib tushgan.
Elchixona xabariga ko‘ra, Ukraina Ta’lim va fan vazirligi 2022-yil 25-yanvar kunidagi № 1/1266 va 15-fevral kunidagi 1/2588-22 sonli xatlari bilan Ukrainaning barcha oliy o‘quv yurtlariga masofaviy ta’limni joriy etish va har qanday holatda ham talabalarni o‘qishdan chetlashtirmaslikni tavsiya qilgan. Bu talabalar o‘z xohish-istaklari bilan o‘qishni tark etish holatlariga tegishli emas.
Bu qoida tibbiyot sohasida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari barcha yo‘nalishdagi o‘quvchilarga amal qiladi.
“Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda avia qatnovda kuzatilayotgan uzilishlar sababli o‘zbekistonlik talabalarga o‘qishni o‘z Vatanlarida masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish tavsiya qilinadi”, - deyilgan xabarda.

Mavzuga oid:

UzAirways Ukrainaga parvozlarni vaqtinchalik to‘xtatdi
O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi fuqarolarga murojaat qildi
Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0