G‘arb nima sababdan va’da berilgan “do‘zaxiy sanksiyalarni" kiritmayapti?

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMoskovskiy Kreml arxivnoe foto
Moskovskiy Kreml arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Obuna bo‘lish
New York Times ekspertlari AQSh va Yevropa Rossiyaga qarshi kiritish va’da berilgan "do‘zaxiy sanksiyalar"ni nima uchun joriy etmayotganini tahlil qilishdi.
TOShKENT, 24 fev – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh tomonidan oldin kiritilgan sanksiyalardan kerakli xulosalarni chiqarib oldi bugun Rossiya va uning ittifoqchilari G‘arb bilan aloqalarni uzishdan undan yanada ko‘proq foyda olishlari mumkin, deb yozmoqda The New York Times o‘zining tahliliy maqolasida.
Maqola muallifiga ko‘ra, Oq Uy va shaxsan prezident Bayden (2014 yilda Ukraina siyosati bo‘yicha javobgar bo‘lgan) bugun Rossiyaga qarshi kiritilayotgan har qanday sanksiyani yaxshi hisob-kitob bilan kiritishi kerak.
2014 yilda Rossiyaga qarshi ilk sanksiyalar kiritilganidan boshlab Vladimir Putin bir necha yil davomida Rossiya iqtisodini qayta qurib olishga muvaffaq bo‘lgan. Bugungi kunda umumiy qiymati 1,5 milliard bo‘lgan Rossiya iqtisodi yanada mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘lgan.
Shuningdek NYT ekspertlari fikriga ko‘ra, DXR va LXRni tan olinishi – Rossiya AQShning yangi “do‘zaxiy sanksiyalari”dan qo‘rqmasligini anglatadi.
Chunki bugungi kunda Rossiya sanksiyalar ta’sirini kamaytirish uchun barcha kerakli choralarni ko‘rgan.
Xususan, davlat budjeti va moliya tizimi tashqi ta’sirdan xoli bo‘lish uchun qayta qurilgan.
Neft va gazning yuqori narxlari tufayli, Rossiya Markaziy banki 631 mlrd. valyuta rezervlari jamlagan, bu dunyoda 4-eng yuqori ko‘rsatgich.
Rossiya tashqi qarzi miqdori past va xorijiy kompaniyalar kreditlariga muhtoj emas.
Ikkinchi tomondan, AQShning yevropalik hamkorlari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalarni keskin kuchaytirish yo‘lidan bormasligi ham mumkin.
Uchinchidan, agar AQSh o‘ta keskin choralar qabul qilsa, bu “barcha jahon bozorlari uchun kutilmagan va oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin”.
To‘rtinchidan, G‘arb amaldorlaridan hech biri Rossiya iqtisodiyotning “kuch manbai” bo‘lgan energiya tashuvchilari (neft, gaz) eksportini ta’qiqlab qo‘ya olmaydi. Chunki global inflyatsiya sharoitida neft va gaz narxi keskin oshib, “Bayden va boshqa siyosatchilarning manfaatiga putr yetkazishi siyosiy vaziyatni beqaror qilishi mumkin”
Beshinchidan, Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin so‘nggi yillarda Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. Kerak bo‘lsa u Rossiyadan energiya tashuvchilarni xarid qilish orqali Rossiya iqtisodini mustahkamlashga yordam berishi mumkin.
Qishki Olimpiada marosimida ikki rahbar uchrashuvida Xitoy Sibor orqali qurilgan yangi gaz quvuri orqali 30-yil davomida gaz xarid qilish to‘g‘risida shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Shuningdek Xitoy kompaniyalari ayrim mahsulotlar va texnologiyalar yetishmovchiligini ham qoplashi mumkin.
NYT xabariga ko‘ra ayrim Rossiya davlat kompaniyalari AQSh sanksiyalaridan haqiqatda foyda ko‘rganini ham aytib o‘tgan. Kremlning import o‘rnini bosish siyosati ushbu korxonalar daromadlari oshishiga olib kelmoqda.
Umumiy xulosa shuki, aksariyat Yevropa va AQSh rahbarlari oldin va’da bergan "eng qattiq sanksiyalar” (“do‘zaxiy sanksiyalar”) kiritishiga ishonish qiyin, chunki ular ushbu sanksiyalarning ushbu davlatlar iqtisodlariga undan ham katta zarar yetkazishi mumkinligidan juda xavotirda.
Yangiliklar lentasi
0