Qozog‘istonda sobiq mudofaa vaziri hibsga olindi

© Pexels / Kindel MediaNaruchniki
Naruchniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2022
Obuna bo‘lish
Sobiq vazir yanvardagi tartibsizliklarda xizmat vazifasini bajarmaganlikda gumonlanmoqda/
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Qozog‘istonning sobiq mudofaa vaziri Murat Bektanov hibsga olindi. U 2022-yilning yanvar oyidagi tartibsizliklar chog‘ida harakatsizlikda gumonlanmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
19 fevral kuni sobiq mudofaa vaziriga nisbatan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 452-moddasi bilan xizmat davomida harakatsizlik fakti bo‘yicha sudga qadar tergov harakatlari boshlangan.
“20 fevral kuni Bektanov ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlandi va vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi”, — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 19-yanvar kuni Bektanovni mamlakat mudofaa vaziri lavozimidan ozod qilgan edi. U ishdan bo‘shatilgan Mudofaa vazirligi rahbarini yanvar voqealari vaqtida qo‘mondonlik fazilatlari namoyon qilmagani va armiya o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmagani uchun tanqid qilgan edi.
Murat Bektanov bu lavozimda 2021-yil 31-avgustidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklar

2022 yil 2-yanvar kuni Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatida suyultirilgan gazning narxi oshishi norozilik namoyishlarga sabab bo‘ldi. Norozilik to‘lqini boshqa shaharlarga ham tarqaldi. Qozog‘iston prezidenti gaz narxi oshishiga qarshi mitinglar vaqtida fuqarolarni ig‘volarga berilmaslikka chaqirdi. Hukumat iste’foga chiqarildi.
Biroq ko‘rilgan choralarga qaramay, zo‘ravonlikning yanada kuchayishi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ochiq qarshilikka aylandi. Ushbu harakatlar ma’muriy muassasalar, ichki ishlar bo‘limlari, tinch aholi, jumladan, tibbiyot xodimlari, o‘t o‘chiruvchilarga ommaviy qurolli hujumlar ko‘rinishida kechdi.
Qozog‘istonda 10-yanvar - milliy motam kuni
5 yanvar kuni Olmaotada ma’muriy va harbiy obyektlarga hujumlar uyushtirilgan, aeroport egallab olingan, yo‘lovchi va yuk samolyotlari ushlab turilgan. Olmaota shahar ichki ishlar departamenti binosi atrofidagi jang ikki kecha davom etdi.
Tartibsizliklar ortidan butun mamlakat bo‘ylab 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi, aksilterror operatsiya boshlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilganlar orasida radikal islomiy guruhlar tarafida "qaynoq nuqtalar"da jangovar qatnashish tajribasiga ega bo‘lgan bor.
Respublika IIV ma’lumotlariga ko‘ra, bu voqealarda 17 nafar harbiy halok bo‘lgan, 1300 nafari yaralandi. Qurbonlarning umumiy soni aniqlanmoqda. Maxsus operatsiyalar davomida 4000 nafarga yaqin terrorchi hibsga olingan, 26 nafar qurolli jinoyatchi o‘ldirilgan, yana 18 nafari yarador qilingan.
Karim Masimovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishiga “o‘ta maxfiy” ustxati qo‘yildi
Prezident Qasim-Jomart Toqayev “terrorchilik tahdidini bartaraf etishda” KXShTdan yordam so‘radi.
Tashkilot tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondagi vaziyatni yaxshilash uchun mamlakatga yubordi. Ularning Tinchlikparvar kuchlarining qisqa muddatda Qozog‘istonda bo‘lish davridagi asosiy vazifasi o‘ta muhim strategik obyektlarni qo‘riqlash edi.
13 yanvar kuni Qozog‘istondan KXShT tinchlikparvar kuchlarini olib chiqish boshlandi.
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ommaviy tartibsizliklar, shuningdek, terrorchilik aktlarini sodir etish bo‘yicha tergov doirasida jinoiy ish ochgan.
Yangiliklar lentasi
0