https://oz.sputniknews.uz/20220220/davlat-bojxona-xizmati-togrisidagi-qonunga-ozgartishlar-kiritildi--tafsilotlar--22851574.html
Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi – tafsilotlar
Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi – tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Bojxona organlari endi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok eta oladi.
2022-02-20T11:13+0500
2022-02-20T11:13+0500
2022-02-20T11:13+0500
jamiyat
davlat bojxona qo‘mitasi
bojxona
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1116/40/11164095_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_0aa891d64bf2cd4b111433e5791e03f6.jpg
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Tegishli hujjatga prezident imzo chekdi.Shunga ko‘ra, bojxona organlarining:Bojxona organlarida lavozimlar va ularga muvofiq maxsus unvonlar qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.Qonunda bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligi belgilandi.Sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinmaydi.Bojxona, "korrupsiyadan xoli" tizim: Mirziyoyev qanday ko‘rsatmalar berdiDavlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston yoki chet davlatning OTM va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1116/40/11164095_263:0:2992:2047_1920x0_80_0_0_1dc39016ea678044c12a13069c753bf5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonun o‘zgartish bojxona organlari vakolatlari kimlar bojxonachi bo‘la olmaydi
davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonun o‘zgartish bojxona organlari vakolatlari kimlar bojxonachi bo‘la olmaydi
Davlat bojxona xizmati to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritildi – tafsilotlar
Bojxona organlari endi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok eta oladi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi. Tegishli hujjatga prezident
imzo chekdi. Shunga ko‘ra, bojxona organlarining:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi;
jismoniy va yuridik shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda pulli xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega ekanligi;
bojxona nazoratini amalga oshirishda maxsus vosita sifatida xizmat itlaridan foydalanishi mumkinligi belgilandi.
Bojxona organlarida lavozimlar va ularga muvofiq maxsus unvonlar qo‘mita raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunda bojxona organlariga qabul qilingan xodimlarning majburiy tartibda birlamchi kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tishi kerakligi belgilandi.
Sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar, qo‘llanilgan jazo turidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan va o‘ziga nisbatan amnistiya akti yoki afv etish qo‘llanilganligidan qat’i nazar yoxud yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan fuqarolar bojxona organlariga xizmatga qabul qilinmaydi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan O‘zbekiston yoki chet davlatning OTM va tashkilotlariga magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qishga yuborilgan bojxona organi xodimi o‘qish davrida, oxirgi egallagan lavozimidagidan kam bo‘lmagan miqdorlardagi pul ta’minoti saqlangan holda bojxona organlarining ixtiyorida qoldiriladi.