UzAuto Xitoy bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishi mumkin

© SputnikElektromobil na rinke v Sergeli
Elektromobil na rinke v Sergeli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zavtosanoat Xitoyning eng yirik elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.
TOShKENT, 18 fev - Sputnik. UzAuto Xitoyning eng yirik elektromobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi - BYD Auto Industry bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib olishdi.
"O‘zavtosanoat" va BYD Auto Industry Ltd. o‘rtasida o‘zaro Anglashinuv Memorandumi imzolandi. Hamkorlik doirasida tomonlar O‘zbekistonda yangi energiya manbaalarida ishlovchi yengil avtomobillar, gibridlar, elektromobillar va elektroavtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga kelishib olishdi.
Loyiha o‘z ichiga savdo va servis xizmat ko‘rsatish, jumladan, elektromobillar akkumulyatorlari hamda elektrodvigatellarga texnik xizmat ko‘rsatish tarmog‘larini yaratishni o‘z ichiga oladi.
UzAuto i krupneyshaya kitayskaya kompaniya po proizvodstvu elektromobiley BYD Auto Industry dogovorilis o sotrudnichestve
UzAuto i krupneyshaya kitayskaya kompaniya po proizvodstvu elektromobiley BYD Auto Industry dogovorilis o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
UzAuto i krupneyshaya kitayskaya kompaniya po proizvodstvu elektromobiley BYD Auto Industry dogovorilis o sotrudnichestve
Ma’lumot uchun, BYD Auto Industry Co., Ltd. ("Build Your Dreams") – elektromobillar, akkumulyatorlar, yarimo‘tkazgichlar, elektrodvigatellar va boshqa yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradi.
BYD - transmilliy korxona bo‘lib, uning kapitallashuvi $ 100 mlrd.ni, xodimlari soni 220 ming kishini tashkil qiladi. Kompaniya turli mamlakatlarda 8 ta zavodga, savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari ega. BYD yangi energiya manbaalarida ishlaydigan transport savdosi bo‘yicha Xitoyda 1-o‘rinni, dunyoda 2-o‘rinni egallaydi.
UzAuto i krupneyshaya kitayskaya kompaniya po proizvodstvu elektromobiley BYD Auto Industry dogovorilis o sotrudnichestve
UzAuto i krupneyshaya kitayskaya kompaniya po proizvodstvu elektromobiley BYD Auto Industry dogovorilis o sotrudnichestve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
UzAuto i krupneyshaya kitayskaya kompaniya po proizvodstvu elektromobiley BYD Auto Industry dogovorilis o sotrudnichestve
Yangiliklar lentasi
0