O‘zbekiston YeOII majlisida ishtirok etadi

© Sputnik / Asatur YesayantsFlagi stran YeAES
Flagi stran YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston YeOII bilan hamkorlikni katta tezlikda rivojlantirmoqda, Rossiya O‘zbekistonning bunday tashabbusini olqishlaydi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston YeOIIning Nur-Sultonda 24-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo kengashi (YeMPS) majlisida ishtirok etadi.
Tadbirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Armaniston va YeOIK raisi ishtirok etadi. Shuningdek kuzatuvchi davlatlar vakillari O‘zbekiston, Moldova va Kuba ham ishtirok etadi, - deb xabar qilmoqda Qozog‘iston TIV.
Majlis kun tartibiga navbatdagi masalalar kiritilgan:
YeOII davlatlaridagi makroiqtisodiy vaziyat;
barqaror iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha takliflar;
temir yo‘l transporti orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tezkor tashish loyihasini - "Agroekspressa"ni amalga oshirish masalalari. Unga yaqinda O‘zbekiston ham qo‘shildi;
YeOII bojxona hududiga olib kirilgan mahsulotlarni kuzatib borish mexanizmi to‘g‘risidagi kelishuv;
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020-yil oxirida YeOIIda kuzatuvchi maqomini olgan edi. Yaqinda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Birinchi MDH bo‘limi direktori Mixail Yevdokimov O‘zbekiston YeOII bilan hamkorligini yuqori tezlikda rivojlantirmoqda.
Diplomat aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston rahbariyatining tashabbuslari O‘zbekiston YeOII doirasidagi hamkorlikda ulkan imkoniyatlarga ega ekanidan darak beradi. Rossiya O‘zbekistonning bunday qiziqishlarini olqishlaydi hamda Toshkent tashabbuslarining o‘zaro muvofiq amalga oshirish variantlarini ishlab chiqishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0