Toshkent viloyatida bankomat o‘g‘irlagan uchovlon qo‘lga tushdi

Bankomat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida bankomat o‘g‘irlagan kishilar qo‘lga tushdi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. “Kapitalbank” ATB amaliyot boshqaruvchisi O‘rtachirchiq tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilib, 26-yanvar kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs tomonidan O‘rtachirchiq tumani Toshkent yo‘li ko‘chasiga o‘rnatilgan “Kapitalbank”ga tegishli bo‘lgan bahosi 145 mln. so‘mlik bankomat o‘g‘irlab ketilganligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Tergov depatamenti xabar qildi.
Holat yuzasidan O‘rtachirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov-tezkor harakatlari natijasida, jinoyatni O‘rtachirchiq tumanida yashovchi 24 yoshli E.A., 22 yoshli S.N. va 23 yoshli Yu.D.,lar tomonidan bir guruh bo‘lib sodir etilganligi aniqlandi.
Tergov davomida, qonunbuzarlardan bankomatni qayerga yashirganlari so‘ralganda, ular bankomatni temir jism yordamida buzib ochishganliklari, biroq bankomat ichida pul bo‘lmaganligi sababli uni Toshkent shahar Bektemir tuman hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq darosiga tashlab yuborishganliklarini ma’lum qilishdi.
Ushbu shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0