https://oz.sputniknews.uz/20220216/putin-sholts-22786622.html
Hammasi rejaga ko‘ra bo‘ladi: Putin va Shols urush haqida bahslashishdi
Hammasi rejaga ko‘ra bo‘ladi: Putin va Shols urush haqida bahslashishdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina atrofida - xalqaro vahima uyasi. Rossiyaning “bostirib kirishini” 16-fevralga belgilashdi. Kiyevni diplomatlar, milliarderlar va deputatlar tark etishmoqda. Buning ortidan Moskvaga Germaniya kansleri Olaf Shols uchib keldi.
2022-02-16T18:19+0500
2022-02-16T18:19+0500
2022-02-16T22:38+0500
kolumnistlar
vladimir putin
ukraina
olaf shols
nato
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/10/22770854_0:68:3401:1981_1920x0_80_0_0_7ac58663b854a592a965d721c447f897.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Tatyana Mishina. Ukraina atrofida - xalqaro vahima uyasi. Rossiyaning “bostirib kirishini” 16-fevralga belgilashdi. Kiyevni diplomatlar, milliarderlar va deputatlar tark etishmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy qaytishlarini talab qildi – “bo‘lmasa davlat o‘ziga kerakli xulosani chiqarib oladi”. Kreml shunga o‘xshash xabarlarni hazil bilan qabul qilmoqda, biroq “bunday vasvasali axborot tentakligiga tushunish bilan yondashishning imkoni yo‘q”. Buning ortidan Moskvaga Germaniya kansleri Olaf Shols uchib keldi – Vladimir Putin bilan birinchi matbuot anjumanida ular turli siyosiy tillarda gaplashishdi.“Bu hujumlarning nechtasi bo‘ldi?”“G‘oyat va g‘oyat xavfli. Bosh vazir Rossiya kuchlarini oshirayotganidan ogohlantirdi” – “The Guardian” sarlavhasi. “Putinga so‘nggi ogohlantirish! Yoki sulh, yoki katta badal to‘laysan!” – “Daily Express”ning birinchi sahifasi. “Urushni to‘xtatishning so‘nggi imkoniyati”, - deya ogohlantiradi katta-katta harflar bilan “Mirror”. Britaniyaning asosiy sariq matbuoti “bostirib kirishning” aniq soatini ham belgiladi – tungi soat bir (Moskvada ertalabki soat to‘rt bo‘ladi).Dushanba kuni Moskvada Vladimir Putin galma-gal tashqi ishlar va mudofaa vazirlarini qabul qildi. Sergey Lavrov xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar jarayoni, Sergey Shoygu esa harbiy mashg‘ulotlar haqida ma’lumot berdi. AQSh va NATOdan olingan javoblarni Rossiyani qanoatlantirmaydi, lekin diqqatga sazovor takliflar mavjud. Barensevo, Qora va Boltiq dengizlarida hamda G‘arbiy, Sharqiy va Markaziy harbiy okruglaridagi mashg‘ulotlar tez orada yakunlanadi.“Qo‘shinlar o‘zlarining doimiy joylariga qaytishni boshlashmoqda. Sizni ishontirib aytamanki, G‘arb agar hali aytmagan bo‘lsa, albatta aytadi: “Mana ko‘rapsizlarmi, ularni siquvga oldik, Bayden bir og‘iz suxan qildi, ular qo‘rqib ketib talablarimizni bajarishdi!” Bu havo savdo-sotig‘i”, - deya kinoya qildi keyin Lavrov.G‘arb OAVlarida “bostirib kirish” bekor qilinmadi, lekin sanaga o‘zgartirish kiritishdi. CNN cho‘zilganini ob-havo bilan tushuntirmoqda: “Rossiyaga hujumiga” kunlar isishi va yumshoq zamin xalaqit berishi mumkin. Biroq bu uzoqqa otadigan artilleriya, aviatsiya va raketalarni to‘xtatmaydi – deyishdi jurnalistlar telesujetda.Bu xabarlar ortidan chet el elchixonalari diplomatlarning ketayotgani haqida xabar berishni davom ettirishmoqda. AQSh elchixonasining asosiy xodimlari Kiyevdan Lvovga ko‘chib o‘tib bo‘ldi. Yana bir aviakompaniya – Norwegian – xavfsizlik nuqtayi nazaridan Ukraina ustidagi parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda. Kiyevda esa aholini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzishmoqda.Ukraina hamkorlari bilan tortishib qoldiDushanba kuni kechqurun “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi yig‘ilishiga Zelenskiy keldi. “Strana” nashri xabariga ko‘ra, davlat rahbari Ukraina hamkorlar bilan vahima ko‘pirtirilgani sabab "tortishib qolgan", ammo natijada hamjihatlikka erishilgan. “U bizga bilan bilan o‘yin o‘ynashotgani, lekin biz qarshilik ko‘rsatayotganimizni tushuntirishga urindi. Shuningdek, o‘rnak bo‘lishga va qochib ketmaslikka chaqirdi”, - dedi deputatlardan biri.Yana bir tinchlantiruvchi bayonot mudofaa vaziri Aleksey Reznikovdan kelib tushdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha mamlakatda harbiy holat joriy etish uchun asos yo‘q.Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko esa NATOga qo‘shilishdan ehtimoliy bosh tortish xususida mulohaza bildirdi. Keyin esa buning uzundan-uzoq uzr so‘radi. Zelenskiyning tan olishicha, G‘arbda aynan shunday so‘zlarini eshitishni xohlashapti. “O‘ylaymanki, bugun ko‘plab yetakchilar Ukrainaga alyansga a’zolik masalasini ko‘tarmasa ham bo‘lishiga biroz ishora qilishapti. Menimcha, buni allaqachon hech kim yashirmayapti”, - dedi u Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda.“Bu masala kun tartibidan o‘rin ham olmagan. Shu bois Rossiya hukumati bu mavzuni katta siyosiy muammaning bir qismi qilayotganini ko‘rish benihoyat ajablanarli”, - deya munosabat bildirdi Shols. Seshanba kuni Moskadagi matbuot anjumanida u Vladimir Putindan tushuntirish oldi.“Aytishaptiki, bu ertaga bo‘lmaydi. Unda qachon? Ertadan keyinmi? Bu tarixiy istiqbolda biz uchun nimani o‘zgartiradi? Aniq hisobda hech nima yo‘q. Biz Ukraina bugun NATOga qo‘shilishga tayyor emasligini eshitapmiz. Bu tezisni taniyapmiz. Uni bunga tayyorlab bo‘lganlaridan keyin qabul qilishadimi? Biroq bu biz uchun kech bo‘lishi mumkin. Shu uchun bu masalani hozir hal qilishni istaymiz. Aynan hoziroq, yaqin kunlarda, muzokaralar jarayoni chog‘ida, tinch yo‘llar bilan”, - dedi Rossiya prezidenti.Qattiq so‘zlar bilan o‘zaro almashishdiSo‘nggi kunlarda Vashingtonda ham, Kiyevda ham bo‘lishga ulgurgan kansler Putin bilan uch soatdan ziyod muloqot qildi. Har ikkisi muzokaralarni yuqori baholashdi va ishchi muhit va mavzular bisyorligini ta’kidlashdi.Shols G‘arb Ukraina chegaralari yaqinida Rossiya qo‘shinlari to‘planganidan juda xavotirda ekanini takrorladi, lekin diplomatiya imkoniyati tugagan deb hisoblamaydi: “Hozir gap bu inqirozni tinch hal qilish ustida qat’iy va dadil ishlash haqida borishi kerak”. U bo‘linmalarning bir qismining doimiy joylariga qaytishini “yaxshi belgi” deb atadi.Yevropada urushni tassavvur qilish aqlga sig‘maydi, deb ishonadi Germaniya kansleri. Lekin Putin bunga e’tiroz bildirdi va NATO Yugoslaviyani qanday bombardimon qilganini eslatib qo‘ydi. Shols u yerda genotsid tahdidi bo‘lgani, Shimoliy Atlantika alyansi bunga xalaqat berishi kerak bo‘lganini aytib, qarshi fikr bildirdi. Rossiya prezidenti Moskva ham Donbassda ro‘y berayotgan voqealarni genotsid deb bilishini aytdi. Kansler “genotsid” so‘zi juda qattiqligini bildirdi. Va qo‘shimcha qildiki: “Bu noto‘g‘ri”.Donbass mavzusi havoda aylanardi. Ertalab Davlat dumasi deputatlari ovoz berishdan keyin prezidentga zudlik bilan o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish masalasi bilan murojaat qilish kerak degan qarorga kelishdi. Voqealarning bunday rivoji, Sholsning fikricha, “siyosiy halokat” bo‘lgan bo‘lardi, zero Minsk jarayonini to‘xtatib qo‘yadi.Lekin Rossiyada aksariyat kishi Donbass aholisini qo‘llab-quvvatlashadi, va deputatlar buni his qilishadi, dedi Putin. Parij va Berlin esa Ukraina yetti yil ilgari zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi uchun Kiyevga ta’sir o‘tkazishlari shart.Hozirgi vaziyatda Moskvaning keyingi qadamlari qanday bo‘lishi haqida so‘rashdi. “Rejaga ko‘ra. U nimalardan tashkil topadi? Joylardagi real vaziyatdan. U qanday bo‘lishi haqidagi savolga kim javob berishi mumkin? Hozircha hech kim, bu nafaqat bizga bog‘liq”, - deya tushuntirdi Rossiya prezidenti.A’zolik o‘rniga – yangi qarzlar“Ukrainaning NATOga kirishi avval boshdan amalga oshishi dargumon edi. Alyans uchun bu Rossiyaga ta’sir ko‘rsatish vositasi, Moskva faoliyatini cheklashga urinish. YeIga qo‘shilish ham shunday, - deya fikr bildiradi Natalya Yeromina, SPbGU professori, siyosiy fanlar doktori. – Hamkorlik qilish mumkin, qo‘shilish esa yo‘q. Nima uchun Ukraina bu tuzilmalarda kerak? Kiyev shundoq ham qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Kutilma va umidlarni esa boshqarish mumkin”.RFA Yevropa instituti german tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Aleksandr Kamkin Sholsning tashrifi yaqindagi Emmanuel Makronnikiga qaraganda sermahsul bo‘ldi deb hisoblaydi. “Rossiyani Germaniya bilan iqtisodiy hamkorlik bog‘laydi, boz ustiga Moskva va Berlinning muzokaralar jarayoniga oid tutashish nuqtalari ko‘proq. Makron avvalo o‘zining saylovoldi kampaniyasi haqida o‘yladi. Sholsga buning keragi yo‘q”, - deydi ekspert.Ammo Germaniya kansleri kichik safarining asosiy yakuni hozircha bu Kiyevni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va’dasida, Berlin avvalgidek qurol-yarog‘ yetkazib berish niyatida emas. AQSh bir milliard dollarga kredit kafolatlarini, Kanada esa qo‘shimcha 390 million dollar qarz taklif qildi. Vaziyat atrofidagi gaplar ko‘pirtirilgani sabab inverstorlar Ukrainani qanday tezlik bilan tark etishayotganini inobatga olib, u yerda pul qurolga qaraganda ko‘proq lozim.Mavzuga oid:
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/10/22770854_334:0:3065:2048_1920x0_80_0_0_8760fb058049bf3b255ec6b6681fface.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin shols muzokaralar ukrainadagi vaziyat ukraina urush
putin shols muzokaralar ukrainadagi vaziyat ukraina urush
Hammasi rejaga ko‘ra bo‘ladi: Putin va Shols urush haqida bahslashishdi
18:19 16.02.2022 (yangilandi: 22:38 16.02.2022) Ukraina atrofidagi gaplar ortidan Moskvaga Germaniya kansleri Olaf Shols uchib keldi. Vladimir Putin bilan birinchi matbuot anjumanida ular turli siyosiy tillarda gaplashishdi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Tatyana Mishina. Ukraina atrofida - xalqaro vahima uyasi. Rossiyaning “bostirib kirishini” 16-fevralga belgilashdi. Kiyevni diplomatlar, milliarderlar va deputatlar tark etishmoqda. Prezident Vladimir Zelenskiy qaytishlarini talab qildi – “bo‘lmasa davlat o‘ziga kerakli xulosani chiqarib oladi”. Kreml shunga o‘xshash xabarlarni hazil bilan qabul qilmoqda, biroq “bunday vasvasali axborot tentakligiga tushunish bilan yondashishning imkoni yo‘q”. Buning ortidan Moskvaga Germaniya kansleri Olaf Shols uchib keldi – Vladimir Putin bilan birinchi matbuot anjumanida ular turli siyosiy tillarda gaplashishdi.
“Bu hujumlarning nechtasi bo‘ldi?”
“G‘oyat va g‘oyat xavfli. Bosh vazir Rossiya kuchlarini oshirayotganidan ogohlantirdi” – “The Guardian” sarlavhasi. “Putinga so‘nggi ogohlantirish! Yoki sulh, yoki katta badal to‘laysan!” – “Daily Express”ning birinchi sahifasi. “Urushni to‘xtatishning so‘nggi imkoniyati”, - deya ogohlantiradi katta-katta harflar bilan “Mirror”. Britaniyaning asosiy sariq matbuoti “bostirib kirishning” aniq soatini ham belgiladi – tungi soat bir (Moskvada ertalabki soat to‘rt bo‘ladi).
Dushanba kuni Moskvada Vladimir Putin galma-gal tashqi ishlar va mudofaa vazirlarini qabul qildi. Sergey Lavrov xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muzokaralar jarayoni, Sergey Shoygu esa harbiy mashg‘ulotlar haqida ma’lumot berdi. AQSh va NATOdan olingan javoblarni Rossiyani qanoatlantirmaydi, lekin diqqatga sazovor takliflar mavjud. Barensevo, Qora va Boltiq dengizlarida hamda G‘arbiy, Sharqiy va Markaziy harbiy okruglaridagi mashg‘ulotlar tez orada yakunlanadi.
“Qo‘shinlar o‘zlarining doimiy joylariga qaytishni boshlashmoqda. Sizni ishontirib aytamanki, G‘arb agar hali aytmagan bo‘lsa, albatta aytadi: “Mana ko‘rapsizlarmi, ularni siquvga oldik, Bayden bir og‘iz suxan qildi, ular qo‘rqib ketib talablarimizni bajarishdi!” Bu havo savdo-sotig‘i”, - deya kinoya qildi keyin Lavrov.
G‘arb OAVlarida “bostirib kirish” bekor qilinmadi, lekin sanaga o‘zgartirish kiritishdi. CNN cho‘zilganini ob-havo bilan tushuntirmoqda: “Rossiyaga hujumiga” kunlar isishi va yumshoq zamin xalaqit berishi mumkin. Biroq bu uzoqqa otadigan artilleriya, aviatsiya va raketalarni to‘xtatmaydi – deyishdi jurnalistlar telesujetda.
Bu xabarlar ortidan chet el elchixonalari diplomatlarning ketayotgani haqida xabar berishni davom ettirishmoqda. AQSh elchixonasining asosiy xodimlari Kiyevdan Lvovga ko‘chib o‘tib bo‘ldi. Yana bir aviakompaniya – Norwegian – xavfsizlik nuqtayi nazaridan Ukraina ustidagi parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda. Kiyevda esa aholini evakuatsiya qilish masalalari bo‘yicha komissiyalar tuzishmoqda.
Ukraina hamkorlari bilan tortishib qoldi
Dushanba kuni kechqurun “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi yig‘ilishiga Zelenskiy keldi. “Strana” nashri xabariga ko‘ra, davlat rahbari Ukraina hamkorlar bilan vahima ko‘pirtirilgani sabab "tortishib qolgan", ammo natijada hamjihatlikka erishilgan. “U bizga bilan bilan o‘yin o‘ynashotgani, lekin biz qarshilik ko‘rsatayotganimizni tushuntirishga urindi. Shuningdek, o‘rnak bo‘lishga va qochib ketmaslikka chaqirdi”, - dedi deputatlardan biri.
Yana bir tinchlantiruvchi bayonot mudofaa vaziri Aleksey Reznikovdan kelib tushdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozircha mamlakatda harbiy holat joriy etish uchun asos yo‘q.
Ukrainaning Buyuk Britaniyadagi elchisi Vadim Pristayko esa NATOga qo‘shilishdan ehtimoliy bosh tortish xususida mulohaza bildirdi. Keyin esa buning uzundan-uzoq uzr so‘radi. Zelenskiyning tan olishicha, G‘arbda aynan shunday so‘zlarini eshitishni xohlashapti. “O‘ylaymanki, bugun ko‘plab yetakchilar Ukrainaga alyansga a’zolik masalasini ko‘tarmasa ham bo‘lishiga biroz ishora qilishapti. Menimcha, buni allaqachon hech kim yashirmayapti”, - dedi u Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashuvda.
“Bu masala kun tartibidan o‘rin ham olmagan. Shu bois Rossiya hukumati bu mavzuni katta siyosiy muammaning bir qismi qilayotganini ko‘rish benihoyat ajablanarli”, - deya munosabat bildirdi Shols. Seshanba kuni Moskadagi matbuot anjumanida u Vladimir Putindan tushuntirish oldi.
“Aytishaptiki, bu ertaga bo‘lmaydi. Unda qachon? Ertadan keyinmi? Bu tarixiy istiqbolda biz uchun nimani o‘zgartiradi? Aniq hisobda hech nima yo‘q. Biz Ukraina bugun NATOga qo‘shilishga tayyor emasligini eshitapmiz. Bu tezisni taniyapmiz. Uni bunga tayyorlab bo‘lganlaridan keyin qabul qilishadimi? Biroq bu biz uchun kech bo‘lishi mumkin. Shu uchun bu masalani hozir hal qilishni istaymiz. Aynan hoziroq, yaqin kunlarda, muzokaralar jarayoni chog‘ida, tinch yo‘llar bilan”, - dedi Rossiya prezidenti.
Qattiq so‘zlar bilan o‘zaro almashishdi
So‘nggi kunlarda Vashingtonda ham, Kiyevda ham bo‘lishga ulgurgan kansler Putin bilan uch soatdan ziyod muloqot qildi. Har ikkisi muzokaralarni yuqori baholashdi va ishchi muhit va mavzular bisyorligini ta’kidlashdi.
Shols G‘arb Ukraina chegaralari yaqinida Rossiya qo‘shinlari to‘planganidan juda xavotirda ekanini takrorladi, lekin diplomatiya imkoniyati tugagan deb hisoblamaydi: “Hozir gap bu inqirozni tinch hal qilish ustida qat’iy va dadil ishlash haqida borishi kerak”. U bo‘linmalarning bir qismining doimiy joylariga qaytishini “yaxshi belgi” deb atadi.
Yevropada urushni tassavvur qilish aqlga sig‘maydi, deb ishonadi Germaniya kansleri. Lekin Putin bunga e’tiroz bildirdi va NATO Yugoslaviyani qanday bombardimon qilganini eslatib qo‘ydi. Shols u yerda genotsid tahdidi bo‘lgani, Shimoliy Atlantika alyansi bunga xalaqat berishi kerak bo‘lganini aytib, qarshi fikr bildirdi. Rossiya prezidenti Moskva ham Donbassda ro‘y berayotgan voqealarni genotsid deb bilishini aytdi. Kansler “genotsid” so‘zi juda qattiqligini bildirdi. Va qo‘shimcha qildiki: “Bu noto‘g‘ri”.
Donbass mavzusi havoda aylanardi. Ertalab Davlat dumasi deputatlari ovoz berishdan keyin prezidentga zudlik bilan o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilgan Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olish masalasi bilan murojaat qilish kerak degan qarorga kelishdi. Voqealarning bunday rivoji, Sholsning fikricha, “siyosiy halokat” bo‘lgan bo‘lardi, zero Minsk jarayonini to‘xtatib qo‘yadi.
Lekin Rossiyada aksariyat kishi Donbass aholisini qo‘llab-quvvatlashadi, va deputatlar buni his qilishadi, dedi Putin. Parij va Berlin esa Ukraina yetti yil ilgari zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishi uchun Kiyevga ta’sir o‘tkazishlari shart.
Hozirgi vaziyatda Moskvaning keyingi qadamlari qanday bo‘lishi haqida so‘rashdi. “Rejaga ko‘ra. U nimalardan tashkil topadi? Joylardagi real vaziyatdan. U qanday bo‘lishi haqidagi savolga kim javob berishi mumkin? Hozircha hech kim, bu nafaqat bizga bog‘liq”, - deya tushuntirdi Rossiya prezidenti.
A’zolik o‘rniga – yangi qarzlar
“Ukrainaning NATOga kirishi avval boshdan amalga oshishi dargumon edi. Alyans uchun bu Rossiyaga ta’sir ko‘rsatish vositasi, Moskva faoliyatini cheklashga urinish. YeIga qo‘shilish ham shunday, - deya fikr bildiradi Natalya Yeromina, SPbGU professori, siyosiy fanlar doktori. – Hamkorlik qilish mumkin, qo‘shilish esa yo‘q. Nima uchun Ukraina bu tuzilmalarda kerak? Kiyev shundoq ham qo‘lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Kutilma va umidlarni esa boshqarish mumkin”.
RFA Yevropa instituti german tadqiqotlari markazi ilmiy xodimi Aleksandr Kamkin Sholsning tashrifi yaqindagi Emmanuel Makronnikiga qaraganda sermahsul bo‘ldi deb hisoblaydi. “Rossiyani Germaniya bilan iqtisodiy hamkorlik bog‘laydi, boz ustiga Moskva va Berlinning muzokaralar jarayoniga oid tutashish nuqtalari ko‘proq. Makron avvalo o‘zining saylovoldi kampaniyasi haqida o‘yladi. Sholsga buning keragi yo‘q”, - deydi ekspert.
Ammo Germaniya kansleri kichik safarining asosiy yakuni hozircha bu Kiyevni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va’dasida, Berlin avvalgidek qurol-yarog‘ yetkazib berish niyatida emas. AQSh bir milliard dollarga kredit kafolatlarini, Kanada esa qo‘shimcha 390 million dollar qarz taklif qildi. Vaziyat atrofidagi gaplar ko‘pirtirilgani sabab inverstorlar Ukrainani qanday tezlik bilan tark etishayotganini inobatga olib, u yerda pul qurolga qaraganda ko‘proq lozim.