O‘zbekistonda yettita yangi elektr stansiyalari ishga tushiriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Ular evaziga O‘zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVtdan oshadi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Joriy yil yakuniga qadar O‘zbekistonda umumiy quvvati 1 474 MVt bo‘lgan 7 ta yangi elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Shundan 6 ta issiqlik (IES) va 1 ta quyosh elektr stansiyalari (QES), deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Xususan, yanvar oyida Buxoro viloyatida 270 MVt va Toshkent viloyatida 240 MVt bo‘lgan 2 ta yangi issiqlik elektr stansiyalari ishga tushirilgan.
Shuningdek, aprel oyiga qadar Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Toshkent viloyatida 230 va 240 MVt quvvatli 2 ta va Xorazm viloyatida 174 MV quvvatli 1 ta issiqlik elektr stansiyalari mart oyida, Sirdaryo viloyatida 220 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi yil yakuniga qadar ishga tushiriladi.
Buning natijasida O‘zbekiston energetika tizimining amaldagi umumiy quvvati 16 000 MVtdan oshadi.

Mavzuga oid:

Yuridik shaxslardan ham quyosh energiyasini sotib olish boshlandi
Kelgusi besh yilda O‘zbekistonda 21 ta yirik GES barpo etiladi
Mirziyoyev quyosh va shamol elektr stansiyalar qurish haqida topshiriqlar berdi
Yangiliklar lentasi
0