Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

© Press-slujba GenprokuraturiBektosh Sayipov
Bektosh Sayipov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2022
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori bo‘ldi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Adliya katta maslahatchisi Bektosh Sayipov Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bosh prokuror tegishli buyruqqa imzo chekdi.
Tayinlovga qadar Sayipov Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining sobiq prokurori Jahongir Hatamov Samarqand viloyatida yangi prokuror sifatida ish boshlagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0