AQSh Ukrainani urushga chorlamoqda

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishStoronnik yevrointegratsii Ukraini i sotrudniki militsii u zdaniya pravitelstva strani v Kiyeve
Storonnik yevrointegratsii Ukraini i sotrudniki militsii u zdaniya pravitelstva strani v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina 2014-yilda, Vashington va Brusselga ishonib noto‘g‘ri tanlov amalga oshirganini tan olish vaqti keldi. Endi o‘yindan chiqish kerak, aks holda so‘nggi boylik – o‘z hayotlarini ham boy berishadi.
“G‘alati urush” yoki “yolg‘on urush” iborasi tarixda 1939-1940 yillarda Fransiya va Germaniya orasida Majino chizig‘ida bo‘lib o‘tgan o‘ta sustkash urush voqealarga nisbatan ishlatiladi. Bugungi Ukrainadagi holatni esa “o‘ta g‘alati urush” deyish mumkin.
Axir urush boshlanmasda turib uning ishtirokchilari qochishni boshladi-ku? Birinchi bo‘li Ukrainadan amerikalik instruktorlar qochib qolishdi, keyin jasur britaniyaliklar qochishdi. Bu ni G‘arb OAVida “kichik Dunkerk” deb ham atashdi. (Britaniya qo‘ishlarning Dunkerk porti orqali Gitlerdan tum-taraqay qochishi) Aytmoqchi Britaniyada “Dunkerk”ni haligacha Ikkinchi jahon urushida amalga oshirgan eng “buyuk voqeasi” deb hisoblashadi. Stalingrad buni oldida “hech narsa” emas.
Hozirgi Ukrainadan g‘arb harbiylari buncha qochmasa? AQSh mudofaa vaziri Mark Milli va uning britaniyalik hamkasabasi Ben Uolles o‘z askarlarini kimdan buncha himoya qilmoqda? Mahalliy gorilka arog‘idanmi yoki Kiyevdagi striptiz barlaridagi ishlaydigan qora ko‘zli Oksanalardan?
Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles ta’tildan qaytib Sunday Times nashriga katta intervyu berdi. Unda vazir “Munxen shamolini” his qilgani haqida gapiradi. Bu bilan u Britaniyaga uning sharmandali tarixini yana bir bor eslatib qo‘yishmoqchi bo‘ldimi (o‘shanda Britaniya Gitler bilan kelishib unga Chexoslovakiyani shunchaki topshirgan edi va bu yaxshi ish bo‘lmagan edi) Yoki Uolles Rossiyani o‘sha davorlr Germaniyasiga qiyoslamoqchi bo‘ldimi? Lekin Rossiya hech qayerga bostirib kirgani yo‘q-ku? Buni butun dunyo ko‘rib turibdi.
Shundan so‘ng Uolles britaniya jurnalistlari eng yaxshi ko‘rgan ibora “highly likely” ibobrasidan foydalanadi. Ya’ti “katta ehtimollik bilan”, “balkim ha balkim yo‘q”, “Rossiya Ukrainaga bostirib kishi mumkin” degan ma’noda.
Jurnalistlar bunday iboralardan odatda shov-shuv uchun foydalanadi, lekin butun boshli mudofaa vaziri ham shunday qilsa bo‘ladimi? Yengiltak blondinkaga o‘xshab.
AQSh ham undan qolishmadi. Ular goh o‘z fuqarolarini goh elchixonani shoshilinch evakuatsiya qilishdi. Britaniya ham ulardan o‘rnak oldi. Bunday ishlar odatda urushdan oldin qilinadi. Lekin bu jahon tarixida takrorlanmas ish bo‘lsa kerak - vahima juda kuchli bo‘layapti, lekin urushning o‘zi yo‘q.
G‘arbning ushbu axborot vasvasasiga rossiyaliklarning munosabati tushunarli, lekin bu borada ukrinaliklar nima deb o‘ylaydi? Ayrim nashrlan “favqulodda jomadon”ni qanday jamlash bo‘yicha yo‘riqnomalar berayotgan vaqtda, boshqalar uy hayvonlarini qanday asrab qolishni o‘rgatishmoqda. Lekin aksariyat oddiy ukrainaliklarga bularning barchasi hech qanday ta’sir o‘tkazgani yo‘q desa ham bo‘ladi.
Bunga The Guardian jurnalisti Kiyev ko‘chalarida o‘tkazgan so‘rov natijalaridan xulosa qillsa bo‘ladi. Xususan, yakshanba kuni Kiyev ko‘chalari bo‘ylab sayr qilgan nashr muxbiri Shon Uoker shaharda atmosfera juda quvnoq ekanini qayd etgan. Shaharliklar Rossiyaning bostirib kirishi to‘g‘risidagi g‘oyani “g‘alati va haqiqatdan yiroq” deb hisoblashadi.
Shon Uoker Kiyevdagi arzon ko‘ngilochar joylarni ham tasvirlab o‘tgan. Xususan, aholi Rossiya “bombardimonlardan” aynan strip-klublarda jon saqlashni rejalashtirayotganini bilib olgan. Ehtimol bu hazildir, lekin britaniyalik muxbir bunga ishongan. Xulosa shuki, britaniyalik muxbirga Ukraina juda ma’qul kelgan va u hech qayerga evakuatsiya qilishni rejalashtirayotgani yo‘q.
Oddiy aholi ko‘ngil ochayotgan bo‘lsa Ukriana rahbariyati nima qilishini bilmay qolganga o‘xshaydi. Zelenskiyning asablari ham charchagan ko‘rinadi. U g‘arb jurnalistlaridan 16-fevral kunlari bo‘lishi kutilayotgan Rossiya hujumining 100% dalillarini keltirishni” so‘radi.
Prezidentning ushbu iltimosi hozircha javobsiz qolmoqda. Na g‘arb jurnalistlari, na Bayden, na Jonson hatto MRB ham jim. Ukraina prezident tushunmay qoldi. Kim u bilan urushmoqchi, yoki kimdir uning yordamida urishayaptimi, yo uni mutlaq aldashayaptimi. Umuman bularning bachasi qachon tugaydi?
Vaziyat bir vaqtlar Gruziya boshida Saakashvili bo‘lgan davrlarni eslatadi. U ham bir kuni Rossiya urush qilmoqchi bo‘lgandi. Hozir bo‘lsa qamoqxonada o‘tirib g‘amgin qo‘shiqlar kuylamoqda. Undan boshqa “shohlar” o‘rnak olsa yaxshi bo‘lardi.
Zlenskiy amerikalik “do‘st”larini ham tushunish mumkin. Ular dam olin kunlari ter to‘kib “Ukraina demokratiyasi” uchun kurashishdi. AQSh suv osti kemasi Kuril orollari yaqqinida Rossiya hududiga bostirib kirdi, lekin Rossiyaning "Marshal Shaposhnikov" fregati darhol uni quvib soldi. U boshqa adashmaydi deb umid qilamiz.
Amerikalik siyosatchi Devid Xendrikson nima sababdagn Vashington bunchalik “Ukraina” deb aqldan ozayotganining sababini aytdi. Xendrikson aytishiga ko‘ra, Amerika “Shimoliy oqim-2” qurib bitkazilganidan so‘ng esini yo‘qotib qo‘ygan. Uni to‘xtatib qolish maqsadida Vashington har qanday provokatsiyaga tayyor.
Amerika va Britaniya ko‘rinishidan shunchaki jazava bilan cheklanmaydigandek ko‘rinadi. Ular ko‘ra bila turib harbiy mojaro uyushtirishmoqchi. Lekin bu mahalliy mojaro jeda tez jahon urushiga aylanib ketishi mumkin.
Lekin jahon urushi sodir bo‘lgan taqdirda, unga ukrainaliklarning nima aloqasi bor? Ular nima sababdan bunda ishtirok etishlari kerak?
Ba’zan, Ukrainadaga holat kazinoni eslatadi. Ukraina kazinoga kirib pul tikdi, lekin yutqazdi, yana pul tikdi – yana yutqazdi. Shu joyida to‘xtab. O‘yindan chiqasa bo‘lardi, lekin Ukraina yana va yana yutqizishda davom etmoqda.
Ukrainaliklar 2014-yilda, Vashington va Brusselga ishonib noto‘g‘ri tanlov amalga oshirganini tan olish vaqti keldi. Bu noto‘g‘ri qadam edi. Endi o‘yinni to‘xtatib kazionodan chiqish kerak. Ularni qo‘lida so‘nggi boylik – o‘z hayotlari qoldi. Hali ham kech emas.
Yangiliklar lentasi
0