https://oz.sputniknews.uz/20220214/usmon-nosir-hayoti-va-ijodi-22772980.html
Usmon Nosir hayoti va ijodi
Usmon Nosir hayoti va ijodi
Sputnik O‘zbekiston
Usmon Nosir o‘zbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri. U 1912-yilning 13-noyabrida Namanganda dunyoga kelgan. Bu yil shoir tavalludining 110-yilligi nishonlanadi. “Unutmas meni bog‘im” mavzuyida insholar tanlovi o‘tkaziladi.
2022-02-14T00:22+0500
2022-02-14T00:22+0500
2022-02-16T12:45+0500
jamiyat
usmon nosir
usmon nosir tavalludining 110-yilligi
hayoti va ijodi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/10/22772911_0:97:1100:716_1920x0_80_0_0_8fe3b99a86161b3bd3d765bec50e6816.jpg
Shoirning hayot yo‘liUsmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namanganning Chuqurko‘cha dahasida dunyoga keladi. Shoir to‘rt yoshligida otasi vafot etadi. Onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib o‘tadi. Shunda Nosirhoji yosh Usmonni bolalar uyiga topshiradi. Usmon Nosir maxsus internatda ta’lim oladi.1929-1930 yillarda atigi bir yil Usmon Nosir Moskva Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida o‘qiydi, biroq o‘qishini tugallamaydi. 1930-1933 yillarda Qo‘qondagi qisqa muddatli ta’lim va tarbiya kurslarida o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh bo‘lib ishlaydi.1930-1933 yillarda Usmon Nosir Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasi (hozirgi Samarqand Davlat universiteti)ning til va adabiyot fakultetida bir muddat tahsil oladi. 1934-yil Toshkentga ko‘chib keladi va “Yosh Leninchi” gazetasida ishlaydi.Bo‘lajak shoirning ilk she’ri “Haqiqat qalami” bo‘lib, 1927-yilda “Yangi yo‘l” gazetasida bosib chiqiladi. 1931-yilda fuqarolar urushi mavzuyiga bag‘ishlangan “Norbo‘ta” nomli dostonini yaratadi. Doston “Yangi Farg‘ona” gazetasida e’lon qilinadi. Shoirning ilk she’riy to‘plamlari “Quyosh bilan suhbat” va “Safarbar satrlar” 1932-yilda nashr etiladi. Shundan so‘ng “Naxshon”, “Nil va Rim” dostonlarini, 1934-yilda “Traktorobod”, 1935-yil “Yurak” va 1936-yilda “Mehrim” nomli she’riy kitoblari nashr etiladi.Shoir ijodiShe’rimSen yuragimning chashma suvi sen,Sen ko‘zlarimning gavhar nurlari.Sening bahongni kim so‘rasa, de:“Bahom umringning bahosiga teng!”Usmon Nosir she’riyati hech kimnikiga o‘xshamagani, adabiyot o‘ziga yaratib olgan andozalar va qoliplarga sig‘magani bilan o‘ziga xosdir. She’rlarda shoirning tirik, otashin, isonkor ruhi sezilib turadi. Masalan, “Yurak” she’ridaItoat et!Agar sendanVatan rozi emas bo‘lsa,Yoril, chaqmoqqa aylan sen,Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..deya xitob qiladi.Zamonasining yirik shoirlaridan biri Turob To‘la Usmon Nosir she’riyati haqida shunday deydi: “U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda “O‘zbekning Lermontovi”, Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”, deb yozishdi”.Darhaqiqat, Usmon Nosir she’riyati avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va shunday bo‘lsada, nihoyatda sodda va ravon bo‘lgani uchun ham xalq qalbiga yaqin.Yana she’rimga(Sonet)She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,Boqqa kirsang, gullar sharmanda.Bir men emas, hayot shaxsisan,Jonim kabi yashaysan manda.Yuragimning dardi — naqshisan,Qilolmayman seni hech kanda!O‘t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?Dardimsanki, she’rim yaxshisan.Sen orada ko‘prik bo‘lding-da,Geyne bilan o‘rtoq tutindim.Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.Butun umrim sening bo‘yningda.Saharda qon tupursam, mayli.Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!DengizgaOq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!Ko‘nglimda ishqingni olib qaytaman.Sochimni o‘ynaydi muzdek sho‘x shamol,Men unga dardimni qanday aytaman?Kechqurun qirg‘oqda aylanib tanhoSevdim, sevib qoldim to‘lqinlaringni.Oyni cho‘miltirgan tinch tunlaringniTushimda ko‘rganda ne qilarman, o?O‘ynagil so‘ng marta, chayqal, erkalan!Armonim qolmasin ketar oldimda.Bag‘ringda baliqday yuzgan oq yelkanBir umr sayr etgay mening yodimda…Axshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!To‘lqinlar, qo‘ynimga qizday kirdingiz…Usmon Nosir o‘zini nafaqat iste’dodli shoir balki, dramaturg sifatida ham namoyon etadi. 18 yoshida “Nazirjon Xalilov” dramasini yaratadi. Uning “Dushman” (1931), “So‘nggi kun” (1932), “Atlas” (1935) pyesalari Qo‘qon teatrida sahnalashtirilgan.Nasimaga deganimYo‘q, hali hammasi o‘tganmas,Ko‘p hali hayotdan nasibam.Silligim bezarar, hech gapmas,Borini ko‘raman, Nasimam,Yo‘q, hali hammasi o‘tganmas!Oldimda kutadir imtihon –Men og‘ir janglarda bo‘larman.Nasima! Bu kungi issiq qon,O, balki to‘kilur… o‘larman…Oldimda kutadir imtihon!O‘ylanib ko‘zingga qarasam,Ikkita dengizday ko‘rinur…Nasima! Ichaman rost qasam,Olovdek lovullab dil yonur,Baxtliman janglarga yarasam!Usmon Nosir betakror she’rlari, sahna asarlaridan tashqari adabiy tarjima bilan ham shug‘ullangan. Xususan, Aleksandr Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani”, Mixail Lermontovning “Iblis” dostonlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girdi. Bundan tashqari, Nikolay Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” yirik asari hamda jahon adabiyotining yirik shoirlaridan bo‘lmish Geyne, Gote, Bayron she’rlaridan ham tarjimalar qildi.Qatag‘on yillari1937 yilning 27-yanvar kuni Usmon Nosir adabiy faoliyatining 10-yillik yubileyi keng nishonlanadi. Biroq bayramdan yarim yil o‘tib Yozuvchilar uyushmasida yosh shoirning “xulq-atvori” muhokama qilingan majlis bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishdan ikki kun o‘tib, 14-iyul kuni endi Yozuvchilar uyushmasidan chiqarilgan 24 yoshli Usmon Nosir hibsga olinadi. Shoirning kitoblari, suratlari, qo‘lozmalari musodara qilinadi. Dastlab shoirning qayerda ekanligi qarindoshlar bilmaydi. Va nihoyat bir kuni shoirning singlisi Rohatoy nomiga Toshkent qamoqxonasidan xat keladi. Unda: “Singlim Rohatxon! Uyg‘unnikiga borib narsalarimni ol. Madamin Davronning uyida paltom bor. Ibrohim Nazirnikida etigim ham. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor. Ketadiganga o‘xshayman...” deb yozilgan edi. Faqatgina bir marta shoirning singlisi va otasiga Usmon Nosir uchun kiyim-bosh, yegulik kiritib berishga ruxsat berishadi, boshqa bunday imkoniyat bo‘lmaydi...Shoirga O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 60-moddasi 1-qismi bilan “muntazam ravishda millatchilik va aksilinqilobiy tashviqot olib borgani va Sovet hukumati haqida ommaviy ravishda odobsiz shaklda so‘zlagani” ayblovi qo‘yiladi.SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor majlisi Usmon Nosirni “terrorchilar bilan aloqasi borligi, shuningdek, uning “O‘zbekistonning nufuzli yozuvchi va shoirlaridan biri bo‘lib, yoshlarni millatchilik, rus klassiklari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda ataylab buzib ko‘rsatib aksilinqilobiy ruhda tarbiyalaganini”da aybli deb topadi va 10-yilga axloq tuzatish lageriga jo‘natish haqida hukm chiqaradi.“Xalq dushmani” tamg‘asi bilan hali 25 yoshga to‘lmagan shoir Zlatousk, Vladivostok, Magadan, Mariinsk qamoqxonarida bo‘ladi. 1943-yili Kemerovo viloyatida joylashgan Sibir lageriga jo‘natiladi.Bo‘lmoq istab, she’riyat uzra darg‘a,Itardilar meni chuqur bir jarg‘a.Menga ayon, bulbulning oshiyonig‘a,Qo‘nolmag‘ay urinish bilan qarg‘aUshbu satrni shoir 1937-yili sentabrida zindonda yozgan. Shubhasiz, she’rda shoirga hasad qilganlar, uni xalq dushmani deya chaqib tuhmat qilganlar tilga olingan.1940 yilning 20-avgust kuni Usmon Nosir Magadandan I.V.Stalin nomiga xat yozadi. Maktubda shoir “ish”ini qayta ko‘rib chiqishlarini so‘raydi. Shuningdek, qamoqxonada turib ham “she’riy roman, uchta sahna asari va bir qator she’rlar yozgani” haqida xabar beradi. Maktubda: “Men hali yoshman va g‘ayratga to‘laman. Men xalq uchun ijod qilishim kerak! Menda ayb yo‘q!” degan so‘zlar ham bo‘ladi.Ajablanarlisi, minglab shunday maktublar orasidan Usmon Nosirning xati e’tiborga tushadi va O‘zbekiston hukumati Kremldan shoir ishini qayta ko‘rib chiqish haqida buyruq oladi.1944 yilning so‘nggida professor Borovkov, shoir Maqsud Shayxzoda, va “Qizil O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriridan tarkib topgan komissiya Usmon Nosirni aybsiz deb topadi. Biroq, bunday xulosaga endi juda kech edi. Shoir 1944-yilning 9-mart kuni vafot etadi. Uni mahalliy aholilardan bo‘lgan Anatoliy Mitrofanovich Sirota ismli inson dafn etadi.Unutmas meni bog‘imShoirning singlisi Rohatxonning qizi Nodira Rashidova tog‘asining qabrini topish uchun bir qancha sa’y-harakatlar qiladi. Tog‘asi haqida ma’lumot so‘rab Kemerovaga xat yozadi. Tayinli ma’lumot ololmagach, Kemerovaga o‘zi tashrif buyuradi. Unga Usmon Nosirning o‘limi haqida tibbiy xulosasining nusxasi beriladi. Hujjatda shoirning “o‘pka kasalidan vafot etgani” to‘g‘risida yozilgan edi. Shoirning jiyani qiyinchiliklar bilan tog‘asining qabrini topishga muvaffaq bo‘ladi. Xotira yodgorligi o‘rnatadi.Keyinchalik Usmon Nosirning avaxtada yozilgan 18 qator she’ri ya’ni 8 satr, ikki to‘rtlik va bitta ikkilikdan iborat “Yurak tug‘oni” nomli she’r qo‘lozmasi topiladi. Ajablanarlisi, qo‘lozmani adabiyotshunos olimga o‘sha payti Usmon Nosirning tergovida qatnashgan va xizmat vazifasiga xilof bo‘lsada, “xavfli she’rlarini” turmadan olib chiqqan tergovchi topshirgan.Otashqalb shoir Usmon Nosir xotirasi nafaqat u tug‘ilib o‘sgan yurtda, balki Kemerovada ham yodga olinadi. Kemerovoda har yili shoir she’riyatiga bag‘ishlangan adabiy kechalar o‘tkaziladi. Bundan tashqari u yerda Usmon Nosir muzeyi ham bor. Usmon Nosir she’rlari Kuzbass shoirlari tomomnidan rus tiliga tarjima qilingan.Shoir bir she’rida shunday bashorat qilgan edi:Ming yillardan keyin hamUnutmas meni bog‘im.She’rlarim yangrab qolur…Bir umrga o‘lmayman.2021 yil sentabrida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda 2022-yilda Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosib nishonlanishini ma’lum qilgandi.“Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilindi. Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni o‘zining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda o‘tkazib, 1944-yili 32 yoshida vafot etadi. Kelgusi yili yurtimizda Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosib nishonlanadi”, - degan edi Mirziyoyev.2022 yil 10-fevral kuni “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra Usmon Nosir hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatag‘on davrida kechgan yillarini o‘rganish, hozirga qadar noma’lum bo‘lib kelayotgan qo‘lozma asarlarining taqdiri haqida ma’lumotlar to‘plash maqsadida ishchi gyruh tuzilib, uning Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Rossiyadagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishi uchun sharoit yaratiladi.Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi. Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomi beriladi.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Unutmas meni bog‘im” mavzuyida insholar tanlovi o‘tkaziladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/10/22772911_0:0:1100:825_1920x0_80_0_0_b77426924cefb295745e6a4cad2ffa53.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
usmon nosir hayoti va ijodi she’rlari qo‘lozma asarlari usmon nosir tavalludining 110-yilligi unutmas meni bog‘im insho qatag‘on yillari biografiya yurak she’ri monolog
usmon nosir hayoti va ijodi she’rlari qo‘lozma asarlari usmon nosir tavalludining 110-yilligi unutmas meni bog‘im insho qatag‘on yillari biografiya yurak she’ri monolog
Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namanganning Chuqurko‘cha dahasida dunyoga keladi. Shoir to‘rt yoshligida otasi vafot etadi. Onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib o‘tadi. Shunda Nosirhoji yosh Usmonni bolalar uyiga topshiradi. Usmon Nosir maxsus internatda ta’lim oladi.
1929-1930 yillarda atigi bir yil Usmon Nosir Moskva Kinematografiya institutining ssenariy fakultetida o‘qiydi, biroq o‘qishini tugallamaydi. 1930-1933 yillarda Qo‘qondagi qisqa muddatli ta’lim va tarbiya kurslarida o‘qituvchi, ilmiy bo‘lim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh bo‘lib ishlaydi.
1930-1933 yillarda Usmon Nosir Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasi (hozirgi Samarqand Davlat universiteti)ning til va adabiyot fakultetida bir muddat tahsil oladi. 1934-yil Toshkentga ko‘chib keladi va “Yosh Leninchi” gazetasida ishlaydi.
Bo‘lajak shoirning ilk she’ri “Haqiqat qalami” bo‘lib, 1927-yilda “Yangi yo‘l” gazetasida bosib chiqiladi. 1931-yilda fuqarolar urushi mavzuyiga bag‘ishlangan “Norbo‘ta” nomli dostonini yaratadi. Doston “Yangi Farg‘ona” gazetasida e’lon qilinadi. Shoirning ilk she’riy to‘plamlari “Quyosh bilan suhbat” va “Safarbar satrlar” 1932-yilda nashr etiladi. Shundan so‘ng “Naxshon”, “Nil va Rim” dostonlarini, 1934-yilda “Traktorobod”, 1935-yil “Yurak” va 1936-yilda “Mehrim” nomli she’riy kitoblari nashr etiladi.
Sen yuragimning chashma suvi sen,
Sen ko‘zlarimning gavhar nurlari.
Sening bahongni kim so‘rasa, de:
“Bahom umringning bahosiga teng!”
Usmon Nosir she’riyati hech kimnikiga o‘xshamagani, adabiyot o‘ziga yaratib olgan andozalar va qoliplarga sig‘magani bilan o‘ziga xosdir. She’rlarda shoirning tirik, otashin, isonkor ruhi sezilib turadi. Masalan, “Yurak” she’rida
Yoril, chaqmoqqa aylan sen,
Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..
Zamonasining yirik shoirlaridan biri Turob To‘la Usmon Nosir she’riyati haqida shunday deydi: “U shunday to‘polon va to‘lqin bilan keldiki, uncha-muncha she’riy uslub va ijodni to‘s-to‘s qilib yubordi. Uni o‘zimizda “O‘zbekning Lermontovi”, Moskva gazetalarida “Sharqda Pushkin paydo bo‘ldi”, deb yozishdi”.
Darhaqiqat, Usmon Nosir she’riyati avvalo, hayotiyligi, jozibadorligi va shunday bo‘lsada, nihoyatda sodda va ravon bo‘lgani uchun ham xalq qalbiga yaqin.
She’rim! Yana o‘zing yaxshisan,
Boqqa kirsang, gullar sharmanda.
Bir men emas, hayot shaxsisan,
Jonim kabi yashaysan manda.
Yuragimning dardi — naqshisan,
Qilolmayman seni hech kanda!
O‘t bo‘lurmi ishqi yo‘q tanda?
Dardimsanki, she’rim yaxshisan.
Sen orada ko‘prik bo‘lding-da,
Geyne bilan o‘rtoq tutindim.
Lermontovdan ko‘mak o‘tindim.
Butun umrim sening bo‘yningda.
Saharda qon tupursam, mayli.
Men — Majnunman, she’rim, sen — Layli!
Oq dengiz, yaxshi qol! Yaxshi qol, Shimol!
Ko‘nglimda ishqingni olib qaytaman.
Sochimni o‘ynaydi muzdek sho‘x shamol,
Men unga dardimni qanday aytaman?
Kechqurun qirg‘oqda aylanib tanho
Sevdim, sevib qoldim to‘lqinlaringni.
Oyni cho‘miltirgan tinch tunlaringni
Tushimda ko‘rganda ne qilarman, o?
O‘ynagil so‘ng marta, chayqal, erkalan!
Armonim qolmasin ketar oldimda.
Bag‘ringda baliqday yuzgan oq yelkan
Bir umr sayr etgay mening yodimda…
Yaxshi qol, erkin suv! Yaxshi qol, dengiz!
To‘lqinlar, qo‘ynimga qizday kirdingiz…
Usmon Nosir o‘zini nafaqat iste’dodli shoir balki, dramaturg sifatida ham namoyon etadi. 18 yoshida “Nazirjon Xalilov” dramasini yaratadi. Uning “Dushman” (1931), “So‘nggi kun” (1932), “Atlas” (1935) pyesalari Qo‘qon teatrida sahnalashtirilgan.
Yo‘q, hali hammasi o‘tganmas,
Ko‘p hali hayotdan nasibam.
Silligim bezarar, hech gapmas,
Borini ko‘raman, Nasimam,
Yo‘q, hali hammasi o‘tganmas!
Oldimda kutadir imtihon –
Men og‘ir janglarda bo‘larman.
Nasima! Bu kungi issiq qon,
O, balki to‘kilur… o‘larman…
O‘ylanib ko‘zingga qarasam,
Ikkita dengizday ko‘rinur…
Nasima! Ichaman rost qasam,
Olovdek lovullab dil yonur,
Baxtliman janglarga yarasam!
Usmon Nosir betakror she’rlari, sahna asarlaridan tashqari adabiy tarjima bilan ham shug‘ullangan. Xususan, Aleksandr Pushkinning “Bog‘chasaroy fontani”, Mixail Lermontovning “Iblis” dostonlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girdi. Bundan tashqari, Nikolay Dobrolyubovning “Haqiqiy kun qachon keladi?” yirik asari hamda jahon adabiyotining yirik shoirlaridan bo‘lmish Geyne, Gote, Bayron she’rlaridan ham tarjimalar qildi.
1937 yilning 27-yanvar kuni Usmon Nosir adabiy faoliyatining 10-yillik yubileyi keng nishonlanadi. Biroq bayramdan yarim yil o‘tib Yozuvchilar uyushmasida yosh shoirning “xulq-atvori” muhokama qilingan majlis bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishdan ikki kun o‘tib, 14-iyul kuni endi Yozuvchilar uyushmasidan chiqarilgan 24 yoshli Usmon Nosir hibsga olinadi. Shoirning kitoblari, suratlari, qo‘lozmalari musodara qilinadi. Dastlab shoirning qayerda ekanligi qarindoshlar bilmaydi. Va nihoyat bir kuni shoirning singlisi Rohatoy nomiga Toshkent qamoqxonasidan xat keladi. Unda: “Singlim Rohatxon! Uyg‘unnikiga borib narsalarimni ol. Madamin Davronning uyida paltom bor. Ibrohim Nazirnikida etigim ham. Shularni olib kelib, menga kirgizib yubor. Ketadiganga o‘xshayman...” deb yozilgan edi. Faqatgina bir marta shoirning singlisi va otasiga Usmon Nosir uchun kiyim-bosh, yegulik kiritib berishga ruxsat berishadi, boshqa bunday imkoniyat bo‘lmaydi...
Shoirga O‘zbekiston SSR Jinoyat kodeksining 60-moddasi 1-qismi bilan “muntazam ravishda millatchilik va aksilinqilobiy tashviqot olib borgani va Sovet hukumati haqida ommaviy ravishda odobsiz shaklda so‘zlagani” ayblovi qo‘yiladi.
SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor majlisi Usmon Nosirni “terrorchilar bilan aloqasi borligi, shuningdek, uning “O‘zbekistonning nufuzli yozuvchi va shoirlaridan biri bo‘lib, yoshlarni millatchilik, rus klassiklari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda ataylab buzib ko‘rsatib aksilinqilobiy ruhda tarbiyalaganini”da aybli deb topadi va 10-yilga axloq tuzatish lageriga jo‘natish haqida hukm chiqaradi.
“Xalq dushmani” tamg‘asi bilan hali 25 yoshga to‘lmagan shoir Zlatousk, Vladivostok, Magadan, Mariinsk qamoqxonarida bo‘ladi. 1943-yili Kemerovo viloyatida joylashgan Sibir lageriga jo‘natiladi.
Bo‘lmoq istab, she’riyat uzra darg‘a,
Itardilar meni chuqur bir jarg‘a.
Menga ayon, bulbulning oshiyonig‘a,
Qo‘nolmag‘ay urinish bilan qarg‘a
Ushbu satrni shoir 1937-yili sentabrida zindonda yozgan. Shubhasiz, she’rda shoirga hasad qilganlar, uni xalq dushmani deya chaqib tuhmat qilganlar tilga olingan.
1940 yilning 20-avgust kuni Usmon Nosir Magadandan I.V.Stalin nomiga xat yozadi. Maktubda shoir “ish”ini qayta ko‘rib chiqishlarini so‘raydi. Shuningdek, qamoqxonada turib ham “she’riy roman, uchta sahna asari va bir qator she’rlar yozgani” haqida xabar beradi. Maktubda: “Men hali yoshman va g‘ayratga to‘laman. Men xalq uchun ijod qilishim kerak! Menda ayb yo‘q!” degan so‘zlar ham bo‘ladi.
Ajablanarlisi, minglab shunday maktublar orasidan Usmon Nosirning xati e’tiborga tushadi va O‘zbekiston hukumati Kremldan shoir ishini qayta ko‘rib chiqish haqida buyruq oladi.
1944 yilning so‘nggida professor Borovkov, shoir Maqsud Shayxzoda, va “Qizil O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriridan tarkib topgan komissiya Usmon Nosirni aybsiz deb topadi. Biroq, bunday xulosaga endi juda kech edi. Shoir 1944-yilning 9-mart kuni vafot etadi. Uni mahalliy aholilardan bo‘lgan Anatoliy Mitrofanovich Sirota ismli inson dafn etadi.
Shoirning singlisi Rohatxonning qizi Nodira Rashidova tog‘asining qabrini topish uchun bir qancha sa’y-harakatlar qiladi. Tog‘asi haqida ma’lumot so‘rab Kemerovaga xat yozadi. Tayinli ma’lumot ololmagach, Kemerovaga o‘zi tashrif buyuradi. Unga Usmon Nosirning o‘limi haqida tibbiy xulosasining nusxasi beriladi. Hujjatda shoirning “o‘pka kasalidan vafot etgani” to‘g‘risida yozilgan edi. Shoirning jiyani qiyinchiliklar bilan tog‘asining qabrini topishga muvaffaq bo‘ladi. Xotira yodgorligi o‘rnatadi.
Keyinchalik Usmon Nosirning avaxtada yozilgan 18 qator she’ri ya’ni 8 satr, ikki to‘rtlik va bitta ikkilikdan iborat “Yurak tug‘oni” nomli she’r qo‘lozmasi topiladi. Ajablanarlisi, qo‘lozmani adabiyotshunos olimga o‘sha payti Usmon Nosirning tergovida qatnashgan va xizmat vazifasiga xilof bo‘lsada, “xavfli she’rlarini” turmadan olib chiqqan tergovchi topshirgan.
Otashqalb shoir Usmon Nosir xotirasi nafaqat u tug‘ilib o‘sgan yurtda, balki Kemerovada ham yodga olinadi. Kemerovoda har yili shoir she’riyatiga bag‘ishlangan adabiy kechalar o‘tkaziladi. Bundan tashqari u yerda Usmon Nosir muzeyi ham bor. Usmon Nosir she’rlari Kuzbass shoirlari tomomnidan rus tiliga tarjima qilingan.
Shoir bir she’rida shunday bashorat qilgan edi:
Ming yillardan keyin ham
Unutmas meni bog‘im.
She’rlarim yangrab qolur…
Bir umrga o‘lmayman.
2021 yil sentabrida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvda 2022-yilda Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosib nishonlanishini ma’lum qilgandi.
“Usmon Nosir ayni ijodiy kuch-quvvatga to‘lgan 25 yoshida qamalib, qatag‘on qilindi. Chunki mustabid tuzum bunday millatparvar, vatanparvar insonlarni o‘zining eng ashaddiy dushmani, deb hisoblar edi. Shuning uchun ham, shoir umrini qamoqxonalarda azob-uqubatda o‘tkazib, 1944-yili 32 yoshida vafot etadi. Kelgusi yili yurtimizda Usmon Nosir tavalludining 110-yilligi munosib nishonlanadi”, - degan edi Mirziyoyev.
2022 yil 10-fevral kuni “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi prezident
qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra Usmon Nosir hayoti va faoliyatini, xususan, uning qatag‘on davrida kechgan yillarini o‘rganish, hozirga qadar noma’lum bo‘lib kelayotgan qo‘lozma asarlarining taqdiri haqida ma’lumotlar to‘plash maqsadida ishchi gyruh tuzilib, uning Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, shuningdek, Rossiyadagi tegishli arxiv materiallari bilan tanishishi uchun sharoit yaratiladi.
Namangan shahrida Usmon Nosir haykali o‘rnatiladi. Toshkent va Namangan shaharlaridagi ko‘chalarga Usmon Nosir nomi beriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, ijod maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Usmon Nosir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Unutmas meni bog‘im” mavzuyida insholar tanlovi o‘tkaziladi.