Putin Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha javobni ma’qulladi - Peskov

© Sputnik / Natalya SeliverstovaZdanie MID RF
Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Putin Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha javob loyihasini ma’qulladi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Bugun ertalab Sergey Lavrov prezident bilan uchrashuvda Rossiyaning AQSh va NATOga javobi tayyorlangani haqida axborot berdi. Hujjat 10 varaqda.
"Prezident Lavrov taqdim etgan konseptual loyihani ma’qulladi. Hozir diplomatlar matnni yakunlash ustida ishlamoqda, keyinchalik u adresatlarga yuboriladi", - dedi Peskov.
Uchrashuvda aytilgan asosiy bayonotlar:
️AQSh Rossiyaning asosiy takliflariga salbiy javob berdi.
️Rossiya kafolatlar, jumladan, Ukrainani NATOga jalb qilishga doir qonuniy savollarga javob olishga harakat qiladi.
️Moskva G‘arbni muzokaralarni cheksiz cho‘zishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida ogohlantirmoqda.
️Rossiya Federatsiyasi va G‘arb o‘rtasida xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha muloqot imkoniyatlari hali tugamagan.
️AQSh va NATO Rossiya bilan xavfsizlik kafolatlarining ayrim jihatlari bo‘yicha jiddiy muzokaralar olib borishga tayyor.
Yangiliklar lentasi
0