Koronavirus: O‘zbekistonda kasallanish keskin kamaydi

© Sputnik / Ilya PitalevObrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu
Obrazsi dlya issledovaniya na koronavirusnuyu infeksiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2022
Obuna bo‘lish
Kecha koronavirusdan sog‘ayganlar kasallanganlardan uch baravar ko‘p bo‘ldi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Kecha, 13-fevral kuni, O‘zbekistonda 322 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanish kundan-kunga kamaymoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Eng ko‘p kasallanish Toshkent shahri (122), Toshkent viloyati (56) va Surxondaryo viloyatida (19) qayd etilgan.
Qolgan aniqlangan yangi kasallanish holatlari hududlar kesimida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 13;
Jizzax viloyatida – 6;
Andijon viloyatida – 15;
Qashqadaryo viloyatida – 14;
Navoiy viloyatida – 8;
Buxoro viloyatida – 11;
Namangan viloyatida – 7;
Samarqand viloyatida – 18;
Sirdaryo viloyatida – 11;
Farg‘ona viloyatida – 13;
Xorazm viloyatida – 14.
Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 233 761 nafarga yetgan. Shulardan 218 078 (+1023) nafari tuzalib ketgan.
Shuningdek, 3 bemor vafot etib, kovid qurbonlari soni 1604 nafarni tashkil etmoqda. Kecha 61 nafar kishida pnevmoniya aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0