Mudofaa vazirligi AQShdan dron sotib olish haqidagi xabarlarga izoh berdi

RQ-20 Puma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi AQShdan dron sotib olishni rejalashtirayotgani yo‘q.
TOShKENT, 12 fev - Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan AQShdan “PUMA – RQ 20” uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi ko‘tarilmagan, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
"Hech kimga sir emaski, amerikalik uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchilari bu borada yetakchilardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga ma’lum qiziqish bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar “PUMA – RQ 20” uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish masalasi ko‘tarilmagan", - deyiladi xabarda.
Xabarada shuningdek, O‘zbekiston rahbariyati milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor berayotgani va xalqaro qurol-yarog‘ va harbiy texnika bozorini doimiy ravishda kuzatib borayotgani aytib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, biroz oldin O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sanoati tomonidan "Lochin" rusumli uchuvchisiz apparatlarni ishlab chiqarish rejalashtirlayotgani ham aytib o‘tilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0