Markaziy bankning yangi onlayn manbasi nima uchun kerak?

Bankomat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2022
Obuna bo‘lish
Markaziy bank moliyaviy xizmatlar axborot portalidan qanday foydalanish mumkin? Savolga javob Sputnik ko‘rsatmalarida.
TOShKENT, 12 fev - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki onlayn-bankingda qanday qilib o‘zini ishonchli his qilishni tushuntiruvchi resurs ishlab chiqdi.
Hozirgi kunda dunyoda barcha sohalarni raqamlashtirish jadal rivojlanmoqda. O‘zbekistonda ham turli sohalar zamonaviy texnologiyalar bilan hamnafaslikda rivojlanmoqda. Biroq, ba’zi insonlar onlayn hissa va uni qanday rasmiylantirish va glossariy nima ekanligini tushunmaydi. Endi esa, ayniqsa, pandemiya davrida tushuncha olish uchun bankka borib, vaqtni behuda sarf qilishga hojat yo‘q. Markaziy bank onlayn-bankingda qanday qilib o‘zini ishonchli his qilishni tushuntiruvchi resurs ishlab chiqdi.
Bu moliyaviy xizmatlar uchun axborot portali bo‘lib, unda O‘zbekistonning barcha banklari bankxizmatlari.uz birlashtirilgan – deb xabar beradi Pixelcraft dasturchi kompaniyasi saytida.
Yangi portalda valyutani qayerdan eng arzon kursda sotib olish yoki yuqori narxda sotish, eng yaqin bankomat qayerda joylashganligini ko‘rish, shuningdek, O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan depozitlar va kreditlash shakllari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish mumkin.
Portal bosh sahifasida banklar va xizmatlar to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar mavjud. Resursning asosiy xususiyati esa turli banklarda moliyaviy xizmatlarni taqqoslash va tanlashdan iborat.
"Taqqoslash" bo‘limida turli banklar kreditlari, depozitlari, bank kartalari rentabelligini taqqoslash mumkin. Va yoqtirgan xizmatni "Tanlanganlar"ga qo‘shib qo‘yish mumkin. O‘tish blokida qo‘shimcha hisob-kitoblar uchun kalkulyator ham mavjud.
Shuningdek, foydalanuvchi uchun “Ko‘rganlaringiz” bo‘limida moliyaviy xizmatlar tarixi bilan tanishishi mumkin.
Portalda turli banklarning mobil ilovalari reyestri hammavjud. Ilovani portaldagi havoladan yuklab olish va masalan, valyutani onlayn konvertatsiya qilish mumkin.
Portal moliyaviy savodxonlik veb-sayti bilan ham birlashtirilgan bo‘lib, unda sohaga oid foydali maqolalar va tez-tez uchrab turadigan savollarga javoblar keltirilgan.
Portalda banklar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar har kuni yangilanib turadi.
Yangi resurs uch tilda yuritiladi, shuningdek, oson navigatsiya va oddiy interfeysga ega. Veb-sahifalar barcha qurilmalarda ochiladi.
2020-yilda O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklariaxborot xavfsizligini kuchaytirishga kelishib olgan edi. Maqsad milliy to‘lov tizimlari sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, ikki davlat markaziy banklari o‘rtasida tajriba almashish.
Avvalroq O‘zbekiston va Rossiya Markaziy banklari o‘rtasida bank telekommunikatsiya tizimlariga kompyuter hujumlarining oldini olish, aniqlash, ularni bartaraf etish uchun shart-sharoitlar yaratish va axborot xavfsizligi darajasini oshirishga qaratilgan ikki mamlakat moliya institutlarining o‘zaro hamkorligini tashkil etishni nazarda tutuvchi memorandum imzolangan edi..
Yangiliklar lentasi
0